Qutbiddin Burxonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qutbiddin Nukriddinovich Burxonov
Кутбидин Нукритдинович Бурхонов
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2020-yil 20-yanvardan – hozirgacha
Oʻtmishdoshi Qodir Joʻrayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 17-dekabr 1947-yil (1947-12-17) (75 yosh)
Andijon
Siyosiy partiyasi Adolat sotsial-demokratik partiyasi
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
Unvoni General-mayor

Qutbiddin Nukriddinovich Burxonov (1947-yil 17-dekabr, Andijon) — oʻzbekistonlik yurist, pedagog va davlat arbobi, general-mayor. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1965-1969 — Andijon shahridagi 162-sonli qurilish tresti ishchisi, uchastka mexanigi.

1969-1973 — Toshkent militsiya maktabi tinglovchisi[2].

1973-yildan 1992-yilgacha Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida tergov boʻlimi tergovchisi lavozimidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari — tergov boʻlimi boshligʻigacha boʻlgan lavozimlarda ishlagan[3].

1992—1993-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov boshqarmasi boshligʻi[4].

1993—1995-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.

1995—1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

1997-yil sentyabrda nomaʼlum sabablarga koʻra egallab turgan lavozimidan boʻshatilgan. Keyinchalik, 20 yil davomida oliy taʼlim muassasalarida pedagogik faoliyatini olib borgan.

2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining matbuot kotibi etib tayinlandi[5].

2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga oʻtib, bir yil davomida yuristlar malakasini oshirish instituti direktori boʻlgan.

2020-yil 20-yanvar kuni Oʻzbekiston prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi etib tayinlangan.

Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha komissiya aʼzosi[6][7].

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist faxriy unvoni, Oʻzbekiston belgisi nishoni, Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]