Kontent qismiga oʻtish

Quruq koʻz sindromi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Quruq koʻz sindromi
Og‘ir quruq ko‘z sindromi bor odamda lissamin yashili bilan tarqoq bo‘yalishi[1]
Belgilari koʻz qurishi, achishish, qizarish, oqma, koʻrishning xiralashishi [2].
Mutaxassislik Oftalmologiya
Sabablari Kontakt linzalar, meybomiy bezi disfunksiyasi, homiladorlik, Shegren sindromi, A vitamini yetishmovchiligi, LASIK jarrohligi, Antigistamin, gormonlar o‘rnini bosuvchi terapiya, Antidepressantlar[2][3]
Davolash sunʼiy koʻz yosh tomchilari, dorilarni almashtirish
Dori-darmonlar Siklosporinlar, Kortikosteroid koʻz tomchilari
Takrorlanishi ~20% [4]

Quruq koʻz sindromi (lotincha: keratoconjunctivitis sicca, koʻzning shox pardasi va konyunktivasining qurib qolishi) ko‘zlarning qurib qolishi holati[5].

Uning belgilariga koʻzlardagi quruqlik, achishish, qizarish, ajralma ajralishi, koʻrishning xiralashishi va koʻzlarning tez charchashi kiradi[2]. Bu alomatlar yengil va vaqti-vaqti bilan paydo boʻlishdan to ogʻir va doimiy koʻrinishgacha boʻlishi mumkin. Quruq koʻz sindromi koʻrishning xiralashuviga, koʻz yosh pilonkasi oʻzgaruvchanligiga, shox pardaning tirnalishi kabi koʻz yuzasi shikastlanishi xavfining oshishiga hamda koʻzdagi neyrosensor tizimdagi oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin[6].

Koʻz yoshi hosil boʻlishining kamayishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keratokonyunktivit sicca koʻz yosh bezi giposekretsiyasi tufayli yetarlicha koʻz yoshi ajralmasligi sababli kelib chiqishi mumkin[7][8]. Koʻz yosh suyuqligi qatlami zararlanadi. Koʻz yosh bezi butun konyuktiva va shox pardani toʻliq qatlam bilan yopib turish uchun yetarlicha koʻz yoshni hosil qilmaydi[8]. Bu odatda sogʻlom yoshi katta odamlarda uchraydi. Koʻz yoshning kamayishi qarilik bilan bogʻliq[7]. Shuningdek bu postmenopauza davridagi ayollarda eng koʻp uchraydi[8][9].

Koʻp hollarda suv tanqisligi quruq koʻzning aniq sababi boʻlmasligi mumkin (idiopatik). Boshqa sabablarga tugʻma alakrima, kseroftalmiya, koʻz yosh bezining olib tashlash kiradi. Kamdan kam hollarda u qon-tomir kasalliklarining, shu jumladan retsidivlanuvchi polixondrit, revmatizm, poliangitli granulematoz va tizimli qizil yugurukning simptomi boʻlishi mumkin[10][11][8]. Shegren sindromi va boshqa autoimmun kasalliklar koʻz yosh tanqisligiga sabab boʻladi[8].

Qoʻshimcha sabablar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompyuter, smartfon, planshet yoki boshqa elektron qurilmalarda ortiqcha ekran vaqti koʻzni quritishi mumkin. „Odamlar odatda bir daqiqada taxminan 15 marta koʻzini ochib yumadi. Shu bilan birga, tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, biz kompyuter va boshqa ekranli qurilmalardan foydalanganda bir daqiqada taxminan 5-7 marta koʻzimizni ochib yumamiz. Koʻzni ochib yumish – bu koʻzning oʻz yuzasiga kerakli namlikni olish usulidir“[12].

Kontakt linza taqadigan odamlarning deyarli yarmi koʻzlarining quruqligidan shikoyat qiladi[3]. Kontakt linzadan foydalanish va quruq koʻz oʻrtasida ikkita asosiy bogʻliqlik mavjud. Bunga koʻra, shox pardaning koʻz yosh plyonkasini qoplab turuvchi yumshoq kontakt linzalar koʻz yoshlarini oʻziga shimadi, deb hisoblangan[3]. Nerv sezuvchanligining yoʻqolishi va koʻz yoshi hosil boʻlishi oʻrtasidagi bogʻliqlik ham hozirgi tadqiqot mavzusi hisoblanadi[13].

Koʻzning quruqligi LASIK va boshqa refraksion operatsiyalardan keyin ham sodir boʻlishi mumkin, bunda shox parda qopqogʻlarini yaratish paytida koʻz yoshi sekretsiyasini stimullovchi shox parda nervlari kesiladi[3] . Ushbu muolajalar natijasida yuzaga kelgan quruq koʻz odatda bir necha oydan keyin tuzalib ketadi, ammo u doimiy boʻlishi ham mumkin[14]. Refraksion jarrohlik haqida oʻylayotganlar buni hisobga olishi kerak[3].

Shuningdek meybomiy bezi faoliyatining buzilishi, homiladorlik, Shegren sindromi, A vitamini yetishmovchiligi , yogʻ kislotasi omega-3 tanqisligi, va antigistaminlar, ayrim qon bosimini pasaytiruvchi dorilar, gormon almashtirish terapiyasi hamda antidepressantlar kabi baʼzi dori vositalari sabab boʻlishi mumkin.

Patofiziologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻz qurishi koʻz yuzasida „mikro yoriqlar“ paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin[15]. Ogʻir holatlarda epiteliy qavati patologik oʻzgarishlarga, yaʼni yassi hujayra metaplaziyaga va qadahsimon hujayralarning nobud boʻlishi kuzatiladi[7]. Baʼzi ogʻir holatlarda shox parda yuzasining qalinlashishi, shox parda eroziyasi, nuqtali keratopatiya, epitelial nuqsonlar, shox pardaning yara boʻlishi (steril va infitsirlangan), shox pardaning neovaskulyarizatsiyasi, shox pardaning chandiqlanishi, shox pardaning yupqalashishi va hatto shox parda perforatsiyasi kuzatiladi[8][7].

Simptomlarni baholash quruq koʻz tashxisining asosiy tarkibiy qismi hisoblaydi. Tashxis qoʻyishga imkon beradigan bir nechta soʻrovnomalar ishlab chiqilgan. McMonnies & Ho quruq koʻz soʻrovnomasi koʻpincha quruq koʻzlarning klinik tadqiqotlarida qoʻllanadi[16].

Shirmer testi koʻzdagi namlik miqdorini oʻlchaydi[8]. Ushbu test holatning ogʻirligini aniqlab beradi[3]. Kengligi 5 mm, uzunligi 35 mm boʻlgan Whatman No41 filtr qogʻozidan foydalangan holda anesteziya bilan yoki anesteziyasiz besh daqiqalik Shirmer sinamasi oʻtkaziladi. Ushbu testga koʻra 5 mm dan past namlanish quruq koʻz uchun diagnostik hisoblanadi[7].

Quruq koʻz sindromini turli xil yoʻllar bilan davolash mumkin. Bular quyidagilarni oʻz ichiga oladi: omillarni yoʻq qilish (uni yomonlashtiradigan narsalar), koʻz yoshini stimulyatsiya qilish va toʻldirish, koʻz yoshini ushlab turilishini koʻpaytirish, qovoqlarni tozalash, kechasi pastki qovoq uchun gellar qoʻyish va koʻz yalligʻlanishini davolash[17].

Keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻzning quruqlashi tutunli muhit, chang va konditsioner taʼsirida va diqqatni jamlaganimizda koʻzni pirpiratish tezligini pasaytirishga boʻlgan tabiiy moyilligimiz tufayli kuchayishi mumkin[17] . Quruq, tutun va changli muhitlardan himoyalanish kerak[14]. Bunga soch quritgichlar, konditsionerlar yoki ventilyatorlardan, ayniqsa bu qurilmalar koʻzlarga toʻgʻridan toʻgʻri qaratilgan boʻlsa, kamroq foydalanish. Koʻzoynak taqish koʻzlarni himoya qilish uchun samarali boʻlishi mumkin. Xona havosini namlovchi qurilmalardan foydalanish, ayniqsa qishda, orqali kelib chiqishini oldini olish mumkin[8][15][14][17].

  1. „Lissamine green staining in keratoconjunctivitis sicca“. Eye Rounds. The University of Iowa. 2016-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 "In pursuit of objective dry eye screening clinical techniques". Eye and Vision 3: 1. 2016. doi:10.1186/s40662-015-0032-4. PMID 26783543. PMC 4716631. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4716631. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 "Dealing with Dry Eye". FDA Consumer Magazine (U.S. Food and Drug Administration) 39 (3): 8–9. May–June 2005. PMID 16127813. https://www.fda.gov/fdac/features/2005/305_eye.html. 
  4. "The pathophysiology, diagnosis, and treatment of dry eye disease". Deutsches Ärzteblatt International 112 (5): 71–81; quiz 82. January 2015. doi:10.3238/arztebl.2015.0071. PMID 25686388. PMC 4335585. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4335585. 
  5. Eye Syndrome.February 29, 2024.
  6. Liu, Su-Hsun; Saldanha, Ian J; Abraham, Alison G; Rittiphairoj, Thanitsara; Hauswirth, Scott; Gregory, Darren; Ifantides, Cristos; Li, Tianjing (2022-10-21). Cochrane Eyes and Vision Group. ed. "Topical corticosteroids for dry eye" (en). Cochrane Database of Systematic Reviews 2022 (10): CD015070. doi:10.1002/14651858.CD015070.pub2. PMID 36269562. PMC 9586197. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=9586197. 
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 „Keratoconjunctivitis, Sicca“. eMedicine. WebMD, Inc. (2010-yil 27-yanvar). 2010-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-sentyabr.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 8,5 8,6 8,7 „Keratoconjunctivitis Sicca“. The Merck Manual, Home Edition. Merck & Co. (2003-yil 1-fevral). 2006-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 12-noyabr.
  9. "[Prevalence and risk factors of dry eye syndrome"] (pl). Przeglad Epidemiologiczny 58 (1): 227–233. 2004. PMID 15218664. http://www.przeglepidemiol.pzh.gov.pl/czestosc-wystepowania-zespolu-suchego-oka. 
  10. "Relapsing polychondritis". Joint Bone Spine 81 (2): 118–124. March 2014. doi:10.1016/j.jbspin.2014.01.001. PMID 24556284. 
  11. "Diagnosis and classification of relapsing polychondritis". Journal of Autoimmunity 48-49: 53–59. February–March 2014. doi:10.1016/j.jaut.2014.01.026. PMID 24461536. 
  12. „Computers, Digital Devices and Eye Strain“ (en). American Academy of Ophthalmology (2020-yil 3-mart). 2020-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-yanvar.
  13. "Dry eye; investigators look at syndrome with new model". Ophthalmol Times 25 (7): 1–3. 2000. 
  14. 14,0 14,1 14,2 „Dry eyes“. Mayo Clinic. Mayo Foundation for Medical Education and Research (2006-yil 14-iyun). 2007-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 17-noyabr.
  15. 15,0 15,1 "Dry eyes". MedlinePlus Medical Encyclopedia. U.S. National Library of Medicine. 2006-10-04. https://www.nlm.nih.gov/medlineplus/ency/article/003087.htm. <!--->
  16. "Diagnostic Performance of McMonnies Questionnaire as a Screening Survey for Dry Eye: A Multicenter Analysis". Journal of Ophthalmology 2016: 6210853. 2016. doi:10.1155/2016/6210853. PMID 27293876. PMC 4884592. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4884592. 
  17. 17,0 17,1 17,2 "Management of dry eye disease". The American Journal of Managed Care 14 (3 Suppl): S88-101. April 2008. PMID 18452372. http://www.ajmc.com/publications/supplement/2008/2008-04-vol14-n3Suppl/Apr08-3142pS088-S101/. Qaraldi: 2008-07-25. Quruq koʻz sindromi]]