Gurbanguli Berdimuhamedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qurbonquli Berdimuhammadovdan yoʻnaltirildi)
Gurbanguli Malikguliyevich Berdimuhamedov
Mansab davri
21-dekabr 2006-yil – 19-mart 2022-yil
Oʻtmishdoshi Saparmurot Niyozov
Vorisi Serdar Berdimuhamedov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 29-iyun 1957-yil (1957-06-29) (66 yosh)
Babarab, Turkman SSR
Siyosiy partiyasi TDP
Turmush oʻrtogʻi Ogulgerek Berdimuhamedova
Bolalari 4 nafar (jumladan Serdar Berdimuhamedov)
Onasi Ogulabat Kurrayeva
Otasi Malikguli Berdimuhamedov
Ilmiy unvoni Tibbiyot fanlar nomzodi
Mukofotlari

“Mustaqillik” ordeni1-klass Turkiya ordeniSerbiya Respublikasi lentali ordeniRespublika ordeni (Moldova)Qirol Abdulaziz ordeni

1-darajali Doʻstiq ordeni
Unvoni Armiya generali

Gurbanguli Berdimuhamedov (turkmancha: Gurbanguly Berdimuhamedow; 1957-yil, 29-iyun, Babarap qishlogʻi, Turkmaniston SSR) — Turkmanistonning ikkinchi prezidenti. Berdimuhamedovning asli kasbi tish doktori boʻlib, u 2006-yili 21-dekabrda avvalgi prezident Saparmurat Niyozov vafotidan soʻng prezident vazifasini bajara boshlagan. 2007-yil 14-fevralda prezident etib saylangan.

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Berdimuhamedov 1979-yilda Turkman davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Shuningdek, u Moskvada tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.

Siyosiy yuksalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1995-yilda Saparmurot Niyozov davrida Sogʻliqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligi stomatologiya markazi boshligʻi boʻldi. U 1997-yilda hukumatga Sogʻliqni saqlash vaziri etib tayinlangan va qoʻshimcha ravishda Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari lavozimiga oʻxshash lavozimga tayinlangan. 2004-yilning aprelida tibbiyot hodimlarining maoshi toʻlanmagani uchun Niyozov Berdimuhamedovning maoshini uch oyga toʻxtatib qoʻydi[1].

2007-yil 14-fevralda prezident etib saylangan. 2022-yil 12-martda Turkmanistonda prezidentlik saylovi oʻtkazildi[2]. 2022-yil 19-martda Gurbanguli Berdimuhamedov lavozimidan istefoga chiqdi.

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkmanistonda Berdimuhamedov siymosiga sigʻinish targʻib qilinadi. Human Rights Watch tashkilotiga koʻra, Berdimuhamedov va uning qarindoshlari mamlakatda cheksiz hukmronlik oʻrnatgan boʻlib, hayotning barcha aspektini nazorat qiladi[3]. Turkmanistonda Berdimuhamedov uchun „Orqatogʻ“ (turkmancha: Arkadag), yaʼni himoyachi gonorativi qoʻllaniladi. Prezident bu nomni shaxsan oʻzi tanlagan. Berdimuhamedov davlat yetakchisi lavozimiga erishgan dunyodagi ilk tish doktoridir[4][5].

2010-yilda „Obozrevatel“ jurnali Berdimuhamedovni 23 ta diktator ichida beshinchi eng yomon diktator deb topdi. Matbuot erkinligi indeksida (Chegara bilmas muxbirlar) Turkmaniston 178-oʻrindan 176-oʻrinni egalladi. Turkmanistonda siyosiy mahbuslar soni sobiq Sovet Ittifoqining boshqa mamlakatlariga qaraganda koʻproq.

Nomlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 20-dekabrda Turkmaniston Turkman milliy kengashi Ahal viloyatining yangi poytaxtini Berdimuhamedov sharafiga „Arkadag‘“ deb nomlash to‘g‘risida farmon qabul qildi.  Bundan tashqari, uchta bino Berdimuhamedov va uning oila aʼzolari sharafiga nomlangan: uning sharafiga salomatlik va reabilitatsiya markazi, togʻasi nomidagi otchilik akademiyasi va bobosi nomidagi pedagogika bilim yurti.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]