Ilmiy tadqiqot institutlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ilmiy tadqiqot institutlari — fan, texnika, i.ch. sohalarida ilmiy tadqiqot olib boradigan muassasa. Dastlab 19-asr oxiri 20-asr boshlarida vujudga kelgan. 1888.y. Parijda Paster instituti, 1909-yil Radiy instituti tashkil etilgan. 20-asrning boshlaridan nazariy masalalar bilan birga texnika, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash boʻyicha muhim muammolar ustida tadqiqotlar olib boruvchi turli I.t.i. paydo buldi. 20-asr ning oʻrtalariga kelib I.t.i. koʻp mamlakatlarda ilmiy faoliyatni tashkil etishning asosiy shakli boʻlib qoldi. Oʻzbekistonda asosiy nazariy muammolar ilmiy tadqiqot ishlarining muvofiklashtirish markazi — Oʻzbekiston Fanlar akade-miyasida tadqiq etiladi. Bilimning muayyan sohalarini tadqiq etuvchi va bevosita vazirliklar, davlat qoʻmitalariga buysunuvchi tarmoq I.t.i.lari ham mavjud. Oʻzbekistonda birinchi ilmiy tadqiqot muassasasi — Toshkent astronomiya va fizika observatoriyasi (hoz. Astronomiya instituti) 1873-yil tashkil etilgan. 2000-yil Oʻzbekistonda 100 dan ortiq I.t.i. ishladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil