Haqnazarxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Haqnazarxon, Haqnazar Sulton (?—1580) — qozoqlar xoni (1538 yildan). Otasi Qosimxon kabi hokimiyatini mustahkamlash, xonlik hududini kengaytirishga harakat qilgan. Noʻgʻay oʻrdasidagi oʻzaro ichki nizolardan foydalanib oʻrdaga tobe qozoq urugʻlarining bir qismini oʻziga boʻysundirgan. Moʻuliston xonlari bilan uzoq muddat kurash olib borgan. 50-yillarning oxirida H. Sirdaryo boʻyidagi savdohunarmandchilik markazla-, ri va Toshkentni bosib olish uchun shayboniylardan Bobo sulton va Ab-dullaxon II bilan kurashgan. 1573 yil rus hukumati H. bilan oʻzaro aloqa bogʻlashga uringan. Rivoyatlarga koʻra, qozoqlarning 3 ta juzga ajralishi H. nomi bilan bogliq boʻlgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Materialm po istorii kazaxskix xanstv XV-XVIII vekov, Alma-Ata, 1969.