Qosim Yoqubov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qosim Beshimovich Yoqubov (1911.15.10, Qoʻqon – 1954.9.11, Fargʻona) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, kichik leytenant. 1942 yildan frontda. 1323-oʻqchi polki (Markaziy front, 61-armiyaning 415-oʻqchi diviziyasi) vzvod komandiri yordamchisi boʻlib xizmat kilgan. Yoqubov 1943 yil Chernigov viloyati Repki rayonida Dneprni kechib oʻtib, platsdarmni egallash uchun boʻlgan jangda jasorat koʻrsatgani uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1944). Urushdan keyin Fargʻonada maʼmuriy xoʻjalik ishlarida ishlagan. Fargʻona shahri koʻchalaridan biriga Yoqubov nomi qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil