Qorluq xoqonligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qorluq xoqonligi hududi

Qorluq xoqonligi (Uygʻurcha. Qarluq xaqanligi, xitoy. nghunghui, Pinyin : Géluólù Yèhùguó) — qorluq zodagonlari tomonidan tashkil etilgan qabila federatsiya sifatida faoliyat olib boradi. Ayni vaqtda qorluqlar Islomni qabul qilgan birinchi turk qabilalaridan biri sanaladi. Devanu Lug'atit turkda ; " قرلق Qorluq" "Bu ko'chmanchi turklardan bir guruhining nomi hisoblanadi. Ular o'g'uzlardan ajralib turishadi. O'g'uzlar kabi turkmandirlar" deb qayd qilinadi[1]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

753-yilda Tung Bilga Yabgʻu Qorluqlarning yetakchisiga aylanadi. Ilgari “ Kul-Erkin ” unvoniga ega boʻlgan "Uch qorluq" qabila boshlig'iga “ Yabgʻu ” unvoni beriladi va u kuchli qoʻshinga ega bo'ladi. Poytaxti Suyob shahri etib belgilanadi

756-yilda qorluqlar onoklar avlodidan boʻlgan Turkesh xoqonligini mag'lubiyatga uchratib, Gʻarbiy Turkistonda davlat tuzishadi. Shundan keyin davlat poytaxitni 766-yilda Balasag'unga koʻchirishadi.

840-yilda boshqa qorluq qabilalari tomonidan asos solingan Qoraxoniylar hukmronligi ostiga oʻtishadi. Qoraxoniylar hukmronligi ostida boʻlishlariga qaramay, ular asosan mustaqilligini saqlab qolishadi. 893 yilda Sirdaryoning sharqiy tomoniga yurish uyushtirgan Ismoil Somoniyqarluqlarni qaqshatqich mag'lubiyatga uchratadi. Va Talasni egallaydi. Shunday qilib oʻgʻuzlar va yag'molarga qarshi uzoq vaqt kurashib kelgan Qorluq xoqonligi 943 yilda Qoraxoniylaning hujumidan so'ng butunlay parchalanib ketadi.

Qo'shimcha ma'lumotlar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Foydalanilgan adabiyotlar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Atalay, Besim (2006). Divanü Lügati't-Türk. Ankara: Türk Tarih Kurumu Basımevi. ISBN 975-16-0405-2, Cilt I, sayfa 473.