Qorasuv koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qorasuv koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yashnobod
Uzunligi 2 km
Tugash koordinatalari 41°18′05″N 69°20′38″E / 41.301423°N 69.343801°E / 41.301423; 69.343801 G O
Avvalgi nomlari Lisunov koʻchasi (Boris Lisunov sharafiga nomlangan)
Koʻchada joylashgan binolar Koʻp qavatli uylar,
Map
Qorasuv koʻchasining xaritada koʻrinishi

Qorasuv koʻchasi — Toshkent shahrining sharqiy qismida, Yashnobod tumani hududida joylashgan boʻlib, koʻchaning umumiy uzunligi 2 kmni tashkil qiladi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻchaning sobiq nomi Lisunov koʻchasi boʻlib, ushbu nom sovet samolyot konstruktori, polkovnik, muhandisi va Li-2 samolyotini ishlab chiqarish tashkilotchisi Boris Pavlovich Lisunov sharafiga nomlangan edi[2]. 2009-yil aprel oyida koʻcha nomi „Qarosuv koʻchasi“ga oʻzgartirilgan[3][4][5].

Kesishgan koʻchalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻcha parkent koʻchasidan boshlanib[6], Izzat, Aviasozlar, Aviasozlar 5-tor koʻchasi, Lisunov, Aviasozlar 6-tor koʻchasi, Qorasuv 2-koʻchalari bilan kesishib, Parkent koʻchasi bilan kesishgan hududda[7] tugaydi. Ushbu joyda Toshkent metropolitenining Yerusti halqa yoʻli oʻtgan. Majnuntol koʻchasi ushbu koʻchaga parallel ravishda oʻtgan.

Binolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻcha boʻylab 7-son issiqlik markazi (qozonxona), Aviasozlar sport majmuasi, Aviasozlar sanʼat saroyi va unga tutash hududdagi xiyobon, 2-sonli psixodispantser, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish doʻkonlari, koʻp qavatli uylar joylashgan.

Tansport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻcha boʻylav harakatlangan sobiq tramvay transporti

Koʻcha boʻylab tramvay harakatlanar edi. Lekin Toshkent shahridan tramvaylar harakati toʻxtalgach, 2013-yil 17-yanvarda poytaxt hokimligi tomonidan eʼlon qilingan va shahar qiyofasini tubdan yangilash, amalga oshirilayotgan shaharsozlik ishlarini davom ettirish, aholi turmush darajasini yuksaltirish, shaharsozlik standartlariga javob beradigan, ijtimoiy, arxitektura sohasidagi milliy anʼanalarni saqlaydigan transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda infratuzilma shakllantirish maqsadida qabul qilingan qarorga koʻra, tramvay liniyasi buzulib, uning oʻrniga koʻchaning avtomobillar harakatlanuvchi qismi kengaytirildi[8][9].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]