Yer usti halqa yoʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Halqa yoʻli — Toshkent metropoliteni yoʻllaridan biri. Toshkent shahri atrofidagi avtomobil halqa yo'liga monand tarzda qurilayotgani uchun ham shunday nomlangan. Birinchi bosqichi 2020-yil 29-avgustda yoʻlga qoʻyilgan. Bu yoʻl yana 4 bosqichda qurilishi rejalashtirilgan.[1]

Yer usti halqa yoʻli
UzAuto hududiga oʻtish yoʻli (geyt)
Doʻstlik-2
2-bekat (Oxangaron)
3-bekat (Tuzel)
4-bekat (Iltifot)
5-bekat (Rohat)
6-bekat (Yangiobod)
7-bekat (Qoʻyliq)
8-bekat (Qoʻyliq 1-daha)
9-bekat (Qoʻyliq 5-daha)
10-bekat (Qoʻyliq 6-daha)

Doʻstlik-2 bekatidan Qoʻyliq bekatigacha boʻlgan mazkur yoʻnalish uzunligi 11 km boʻlib, 7 ta bekat (“Do'stlik-2” va ”Bekat-2,3,4,5,6,7”) barpo etilgan. Birinchi bekatdan oxirgisigacha 19 daqiqada yetib olish mumkin. Bu yoʻnalish kuniga 46,000 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega.[2]

Bekatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bekatlar milliy kolorit asosida, oʻziga xos dizaynda qurilgan. Ular yoʻlovchilarga qulaylik yaratuvchi zamonaviy texnologiyalar, yoʻl kira haqini elektron toʻlash imkonini beruvchi turniketlar, eskalator bilan jihozlangan.

Harakat tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Halqa yoʻlida 4 vagonli 5 ta poyezd harakatlanadi.

Kelajakdagi loyihalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Строительство Кольцевой линии 2.jpg
Москва на Кольцевой линии в Ташкенте.jpg

Yerusti Halqa yoʻli metrosi loyihasining umumiy qiymati 422 million AQSh dollaridan ziyod. Bu yoʻlning jami uzunligi qariyb 55 km boʻlib, bekatlari soni 35 ta boʻladi. Loyiha quyidagi 5 bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan:[3]

https://kun.uz/news/2020/08/31/zamonaviy-texnopark-kengayayotgan-metropoliten-qayta-qurilayotgan-yollar-toshkentdagi-yangi-loyihalar-taqdim-qilindi

  • 1-bosqich: Doʻstlik-2 bekatidan Qoʻyliq bozorigacha bo'lgan qism qurilib, foydalanishga topshirildi.
  • 2-bosqich: Qoʻyliq bozori bilan Toshkent yerosti metrosining Olmazor bekati bogʻlanadi.
  • 3-bosqich: Beruniy bekatigacha bo'lgan qism quriladi.
  • 4-bosqich: Bodomzor bekatigacha boʻlgan qism quriladi.
  • 5-bosqich: Halqa metro liniyasi yana Doʻstlik bekatiga ulanadi.[4]

Toshkent Metropolitenini kengaytirish loyihasi bilan tanishish mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]