Lisunov koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lisunov koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yashnobod
Uzunligi 220 m
Boshlanish koordinatalari 41°17′50″N 69°20′31″E / 41.297208°N 69.341977°E / 41.297208; 69.341977 G O
Tugash koordinatalari 41°17′47″N 69°20′40″E / 41.296403°N 69.344370°E / 41.296403; 69.344370 G O
Kim sharafiga nomlangan Boris Lisunov
Kesishgan koʻchalari Qorasuv koʻchasi, Aviasozlar 2-tor koʻchasi
Koʻchada joylashgan binolar Koʻp qavatli uylar, Yashnobod tuman MIB
Map
Lisunov koʻchasining xaritada koʻrinishi

Lisunov koʻchasi — umumiy uzunligi qariyb 220 metr boʻlgan koʻcha, shaharning sharqiy qismida, Toshkent shahri Yashnobod tumani Yashnobod mahallasi hududida joylashgan. Sovet samolyot konstruktori, polkovnik muhandisi va Li-2 samolyotini ishlab chiqarish tashkilotchisi Boris Pavlovich Lisunov sharafiga nomlangan[1].

Kesishgan koʻchalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qorasuv koʻchasidan boshlanib, Aviasozlar 2-tor koʻchasida tugaydi. Aviasozlar 5- va 6-tor koʻchalariga parallel ravishda oʻtadi.

Binolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uylarni raqamlash faqat chap tomonda amalga oshiriladi va bu yerda 5, 6, 7 va 8- koʻp qavatli uylar joylashgan. Oʻng tomonida Yashnobod tuman Majburiy ijro byurosi joylashgan.

Tansport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eng yaqin avtobus bekati boʻlmish Lisunov kinoteatri bekati Qorasuv koʻchasida joylashgan. Turkiston koʻchasida joylashgan Temir yoʻl vokzali va Toshkent metro bekati ushbu koʻchadan 8 km ga yaqin masofa oraligʻida joylashgan. Islom Karimov ko‘chasidagi TMU (TSUM) va „Toshkent“ avtovokzallari esa qariyb 8,4 km masofada joylashgan. Aeroport taxminan 10 km masofada joylashgan. Parkent koʻchasidadagi Ohangaron metro bekati (2-bekat) 800 metrga yaqin masofada joylashgan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻchaning oʻrta qismi
Koʻcha koʻrinishi.
Qorasuv koʻchasiga chiqish
Koʻchaning oʻrta qismi, MIB binosi atrofi.
Koʻchaning Qorasuv koʻchasiga yaqin qismi
Yashnobod tuman MIB binosi
Koʻcha suratlari. 4-fevral, 2023-yil

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]