Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi
Asos solingan sanasi 1998-yil 20-may
Ochilgan sanasi 2002-yil 1-mart
Joylashuvi Nukus

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi – Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi qoraqalpoq xalqining tarixi, etnografiyasi va madaniyatiga oid muzey boʻlib, hozirgi qoraqalpoq adabiy tilining asoschisi qoraqalpoq xalqi shoiri Berdaqning nomi berilgan. Muzey 1998-yilda Qoraqalpoq davlat universiteti qoshida tashkil etilgan[1][2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 20-maydagi „Berdaq (Berdimurod) Qargʻaboy oʻgʻli tugʻilgan kunining 170 yilligini nishonlash toʻgʻrisida“gi qaroriga asosan muzey Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti qoshida tashkil etilgan[3][4].

1998-yilda muzey uchun maxsus umumiy maydoni 1,26 m² boʻlgan bitta katta va oltita kichik gumbazli, uch qavatli bino qurildi. Loyiha muallifi respublikada taniqli meʼmor, Berdaq nomidagi davlat mukofoti laureati Oʻrinbay Toreniyazov[2][3].

Muzeyning rasmiy ochilishi 2002-yil 1-martda boʻlib oʻtgan.

Muzeyi xolli

2021-yil 13-aprelda muzey Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi deb oʻzgartirildi[5].

Muzey haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻrgazmadan koʻzlangan asosiy maqsad qoraqalpoq xalqining qadim zamonlardan to hozirgi kungacha boʻlgan hayotini aks ettiruvchi yozma adabiyot namunalari, qoraqalpoq xalq adabiyoti, xalq ogʻzaki ijodi, qoʻlyozma merosi, mumtoz qoraqalpoq adabiyoti va XX—XXI asrlardagi qoraqalpoq adabiyoti namoyandalarining asarlarini namoyish etishdan iborat.

Muzey kolleksiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzey fondining asosini arab, fors-tojik, turk va eski qoraqalpoq tillaridagi qoʻlyozmalar, bosma kitoblar, shuningdek, madrasalarda foydalaniladigan kitoblar tashkil etadi. Bundan tashqari, muzeyda qoraqalpoq mumtoz adabiyoti namoyandalariga oid hujjatlar, ularning ijod namunalari, shoir Berdaq hayotiga oid ashyolar, yana, qoraqalpoq xalqining oʻtmishidan hikoya qiluvchi buyumlar, milliy libos namunalari, XIX—XXI asrlarda qoraqalpoq adabiyotining rivojlanishi, qoʻshni xalqlar bilan munosabatlarini aks ettiruvchi fotosuratlar, tarixiy shaxslarning fotosuratlari va portretlari, ilmiy ishlar saqlanmoqda[4].

Bugungi kunga qadar muzey fondida respublikaning barcha viloyatlaridan olingan 10 mingdan ortiq ashyolar mavjud.

Muzeyda ikkita boʻlim mavjud: muzey qoʻlyozma merosi boʻlimi va XIX asr qoraqalpoq adabiyoti boʻlimi.

Muzey ekspozitsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzey koʻrgazmasining tuzilishi:

Berdaqning „Shajara“ va „Xorazm“ asarlari qoʻlyozmasi.

1. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat tarix-adabiy muzeyi koʻrgazmasi shoir Berdaq hayoti va ijodi, uning nomidagi muzeyning tashkil etilishi tarixiga bagʻishlangan.

2. „Qadimgi qoraqalpoq adabiyoti“ koʻrgazmasi qoraqalpoq adabiyotining kelib chiqish tarixini yoritadi. Xoja Ahmad Yassaviy (X—XI asrlar), Hakim ota Sulaymon Boqirgʻoniy, shoir va olim Soʻfi Olloyor ijodini yoritiladi. Koʻrgazmada qoraqalpoq xalqining madaniy taraqqiyotiga faol taʼsir koʻrsatgan oʻrta asr turkiy adabiyotining mashhur namoyandalari ham taqdim etilgan.

3. „Xalq sanʼati durdonalari“ koʻrgazmasi yozma madaniyat, folklor va xalq amaliy sanʼatigacha boʻlgan ijod namunalariga bagʻishlangan. Qoraqalpoq xalq dostonlari, ertak, matal va matallardan, xalq qoʻshiqlaridan namunalar namoyish etiladi.

4. „Qoraqalpoq soʻzining genezisi“ koʻrgazmasida epos, folklor atama va qoʻshiqlardan iborat. Ular, asosan, jirov, baxshi, hikoyachilar tomonidan ijro etilan.

5. „Yozma merosimiz — qoʻlyozmalar“ koʻrgazmasi. Ushbu zalda qoraqalpoq xalqi adabiyoti tarixiga oid nodir nusxalar namoyish etilib, tashrif buyuruvchilarni qadimiy arab qoʻlyozmalari va toshbosma kitoblar bilan tanishtiriladi, ularning mazmun-mohiyati tushuntiriladi.

6. „Mustaqillik“, „Maʼnaviy qadriyatlar va milliy oʻzlikni anglash“ koʻrgazmalari Oʻzbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida mustaqil rivojlanishining tarixiy voqealari, islom dini haqida, xalq tarixi va milliy qadriyatlaridan hikoya qiluvchi eksponatlar joylashtirilgan

7. „Berdaq zali“ koʻrgazmasi. Ushbu zaldagi koʻrgazma „Dunyo menga hayrat bilan qarasin“ deb nomlangan boʻlib, Berdaq davriga oid tarixiy manbalar, shoirning yashash joyi xaritasi, uy-roʻzgʻor buyumlari va bezaklari, qoraqalpoq xalqi tomonidan saqlanib qolgan milliy kiyim-kechak namunalari oʻrin olgan. Berdaq avlodlari, uning kiygan choponi, madrasada dars bergan kitoblari, Berdaq avlodlarining nasabnomasi va ular haqidagi maʼlumotlar, Berdaq ijodini oʻrgangan filolog olimlarning monografiyalari, Berdaq asarlari toʻplamlari, rassomlarning uning asarlari asosida chizgan rasmlari joy olgan.

8. „Oʻtov“ koʻrgazmasida qoraqalpoq oʻtovining dekorativ-amaliy sanʼati (ayollar ijodiyoti) namunasi sifatidagi farq va xususiyatlari, ijtimoiy va maishiy xususiyatlari koʻrsatilgan[4].

9. „Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureatlari“ koʻrgazmasi (mukofot 1967-yilda tashkil etilgan). Adabiyot sohasidagi ushbu mukofot ilk bor Abboz Dabilovning „Bahodir“ dostoni uchun berilgan. Keyinroq A.Tarkovskiy qoraqalpoq qahramonlik dostoni „Qirq qiz“ni rus tiliga, S. P. Severtsev „Shariyar“ xalq dostonini rus tiliga tarjima qilgani uchun, Muhammad Ali „Mastpodsho“ dostonini oʻzbek tiliga tarjima qilgani va arxitektor O. Toreniyazovga Berdaq nomidagi Milliy muzey loyihasini tayyorlagani uchun berilgan.

10. XIX asr mumtoz qoraqalpoq adabiyoti koʻrgazmasida XVIII—XIX asrlarda yashab oʻtgan Jiyen Jirov, Kunxoʻja, Berdaq, Ajiniyoz, Oʻtesh shoirlar haqida maʼlumotlar berib, ularning hayot yoʻllari bilan tanishtiriladi. Koʻrgazmada asarlardan tashqari ular haqida yozilgan fikr-mulohazalar, qoʻlyozma kitoblar, portretlar, fotosuratlar, shuningdek, ilmiy izlanishlar, fotosuratlar va anjuman materiallaridan namunalar oʻrin olgan.

11. XIX asr oxiri — XX asr boshlari adabiyoti. Ushbu koʻrgazmada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida qoraqalpoq adabiyotining gullab-yashnagan davrida yashab ijod etgan Saribay, Gulmurot, Umar, Qulmurot, Qozoqbay, Xudaybergen, Ayapbergen, Qozi Maolik, S.Majitovlar ijodi namoyish etiladoa, ularning ijodiy faoliyati, fotosuratlari, qoʻlyozmalari, shuningdek, asarlari asosidagi chizilgan suratlarga oid turli maʼlumotlar, matbuotda chop etilgan materiallar, ilmiy tadqiqotchilarning ijodiy ishlari joy olgan.

12. XX — XXI asr boshlari qoraqalpoq adabiyoti . XX asrda yaratilgan adabiy asarlar oldingi davr namunalaridan farqli oʻlaroq, alohida kitoblar holida nashr etilishiga erishilgan va qoʻshni xalqlar orasida keng tarqaldi. Koʻrgazma ana shunday nashrlarning ommaviyligi ortib borayotgani, „Qoraqalpogʻiston xalq shoiri“ va „Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi“ unvonlari taʼsis etilganiga, 1967-yilda esa Berdaq nomidagi davlat mukofoti taʼsis etilganiga bagʻishlangan. Bu davr adabiy merosi ham oʻrganilib, filolog olimlarning tadqiqotlari, ular haqidagi maʼlumotlar kiritilgan. XXI asr boshlari qoraqalpoq adabiyotining gullagan davri boʻldi, shoir va yozuvchilarning asarlari bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilinib, qator xorijiy mamlakatlarda nashr etildi. Qoraqalpoq adiblari ham jahon adabiyotining eng sara namunalarini oʻz ona tiliga tarjima qildilar. Bu yerda „Oʻzbekiston xalq shoiri“, „Oʻzbekiston xalq yozuvchisi“, „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni, „Doʻstlik“ ordeni, „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan adiblar koʻrsatilgan. Bu mukofot egalarining ijodi, ularning asarlari, rasmlari, shaxsiy qoʻlyozmalari va buyumlari haqida ham maʼlumotlar berilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Сулайманов, С. А. Государственный музей истории каракалпакской литературы имени Бердаха / С. А. Сулайманов, Х. С. Утемуратова // Интернаука. 2021. № 21-1 (197). С. 45-47.