Qonchoʻp

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qonchoʻp - koʻknordoshlarga mansub qisqa ildizpoyali oʻtsimon oʻsimlik turi. Poyasi serbarg , boʻyi 30—100 sm. Barglari oddiy, patsimon kungirali boʻlakchalarga boʻlingan. Toʻpgulli oddiy soyabon. mevasi koʻp urugʻli, qoʻzoqsimon koʻsakcha. May oyidan kuzgacha gullaydi. Oʻrta Osiyo, Sibir va Kavkazda uchraydi. Q. zaharli, mollar yemaydi. Q.ning hamma qismida tarkibida 20% ga yaqin alkaloid, S va A vitaminlari, efir moylari, organik kislotalar va boshqa boʻlgan sutshira bor.

Q.dan olingan preparatlar teri sili va boshqa kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi. Damlamasi safro haydovchi, jigardagi ogʻriqni qoddiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.