Safro
Qiyofa
Safro yoki oʻt — jigardan ajralib chiquvchi sargʻish-yashil rangli achchiq suyuqlik. Shuningdek, ortiqcha oʻt saqlanadigan, shakli nokka oʻxshash pufakcha[1].
Safro kasalliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻt pufagi kasalliklarining quyidagi turlari mavjud: oʻt toshlari (xolelitiyoz), xoletsistit, oʻt pufagi poliplari (oʻt pufagining yalligʻlanishi), oʻt yoʻllarining obstruktsiyasi va boshqalar.
Safro suyuqligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jigardan oʻtga kiradigan suyuqlik safro deb ataladi. Uning rangi toʻq sariq-jigarrang yoki yashil rangga ega. Taʼmi achchiq. Safro suyuqligi jigar toʻqimalari tomonidan ishlab chiqariladi. Safro suyuqligi tarkibida safro kislotalari, oqsillar, bilirubin pigmenti, xolesterin, fosfolipidlar, bikarbonatlar, natriy, kaliy, kaltsiy va fiziologik faol moddalar — gormonlar va vitaminlar mavjud.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Biomorfologiya atamalarining izohli lugʻati / — Olmaota: „Soʻzdiq-Slovar“, 2009 y. ISBN 9965-822-54-9
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |