Qodir Zokirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Zokirov Qodir Qodirovich
Tavalludi 25-iyul 1906-yil(1906-07-25)
Jalolobod, Andijon, Fargʻona viloyati
Vafoti 9-avgust 1992-yil(1992-08-09)
(86 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Istiqomat joylari OʻzSSR
Fuqaroligi SSRI
Millati Oʻzbek
Sohasi Botanika
Alma mater Pedagogika Akademiyasi
Mashhur ishlari Oʻrta Osiyo nabototi va geografiyasi nomenklaturasi
Mashhur sovrinlari Beruniy Davlat Mukofoti (1968)

Zokirov Qodir Zokirovich (1906. 25.7, Jalolobod — 1992.9.8, Toshkent) — botanik, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1956), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1956), biol. fanlari doktori (1951), professor (1951). Samarqand Davlat Universiteti tugatgan (1933). Oʻrta Osiyo universiteti oʻsimliklar sistematikasi va geografiyasi kafedrasi dotsenti (1941 —43), Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti botanika kafedrasi mudiri (1943—52), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori (1952—56), Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi Fanlar akademiyasi prezidenti (1957–61). Fargʻona pedagogika instituti rektori (1963-66), 1966 yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti Oʻsimliklar resursi boʻlimi mudiri. Ilmiy ishlari oʻsimliklar (taksonomik birliklar) sistemasi, flora, oʻsimliklar qoplami va oʻsimliklar xom ashyolarini oʻrganishga oid. Oʻsimlikshunos-sistematik sifatida kampirchopondoshlar, torondoshlar, koʻknordoshlar, hiloladoshlar va b. oilalarni oʻrganib, yangi turkum va turlarni kashf etdi. Oʻzbek tilida botanika terminlarini yaratishga asos soldi. 3. koʻp jildli "Oʻzbekiston florasi"ni tuzishda faol qatnashdi. "Ruscha-oʻzbekcha botanika atamalarining qisqacha izohli lugʻati"ni (boshqa mualliflar bilan birga, 1963), keyinchalik "Botanikadan ruscha-oʻzbekcha ensiklopedik lugʻat"ning I jildini chop etdi (X. Jamolxonov bilan hamkorlik-da). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1968).

Havolalar[tahrir]