Qoʻqon teatri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qoʻqon teatri, Hamza nomidagi Qoʻqon shahar musiqali drama teatri — Oʻzbekistondagi koʻhna teatrlardan biri. 1919 yil Hamza Xakimzoda Niyoziy tashabbusi bilan tashkil topgan. 1920 yil okrug teatriga, 1924 yildan davlat teatriga aylantirilgan. Repertuari, asosan, Hamza asarlari: "Boy ila xizmatchi", "Tuhmatchilar jazosi", "Kim toʻgʻri", "Zaharli hayot" hamda M.Uygʻurning "Turkiston tabibi", N.Gogolning "Uylanish'asarlaridan iborat boʻlgan. 1929 yil teatrga Hamza nomi berilgan. 1931 yildan teatr qayta tashkil qilinib, drama va musiqali spektakllar qoʻya boshlagan. "Zafar" (U.Nosir), "Shohi soʻzana", "Ogʻriq tishlar" (A.Qahhor), "Revizor" (N.Go-gol), "Ikki boyga bir malay" (K.Goldoni), "Momaqaldiroq" (A.Ostrovskiy) kabi dramatik, "Layli va Majnun" (Xurshid; T.Sodiqov, N.Mironov musiqasi), "Farhod va Shirin" (Xurshid; V.Uspenskiy, G.Mushel), "Nurxon" (K.Yashin; T.Jalilov, G.Sobitov) singari musiqali asarlar bilan repertuari boyitilgan. 1961 yildan drama teatri deb yuritila boshlagan. 1978 yildan hozirgi nomda. L.Sarimsoqova, M.Ahmedov, S. Ahmedov, S. Karimova, 3. Mirzatov, M.Qoʻldoshev, O. Hasanovlar shu teatr saxnasida ijod qilganlar. Teatr jamoasi 1987 yil yangi zamonaviy binoga koʻchib oʻtgan.

Teatr tomoshabin talabiga mos, turfa mavzularni oʻz ichiga olgan spektakllar yaratishda izlandi. "Tohir va Zuhra" (S.Abdulla, T.Ja-lilov), "Ravshan va Zulxumor" (K.Yashin, T.Islomov), "Jonli tuzoq" (G.Mdivani), "Ufq (S. Ahmad), "Muhabbat qasri", "Qoʻqonning oʻn ikki darvozasi", "Bashar allomasi" (N.Abdullayev), "Uvaysiy" (H.Abduhakimova), "Hasan Kayfiy" (Gʻ.Gʻulom asari asosida M.Joʻrayev), "Bogʻ" (N.Abbosxon), "Berk koʻcha" (J.Mahmudov) va boshqa asarlar 1987-1997 yillar davomida yaratilgan eng yaxshi spektakllardir.

Teatrning ushbu yillar rivojlanishida dramaturg Nurilla Abdullayev hamda aktyor Rashidxon Sodiqovlarning xizmatlari katta.Uzbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Xursanoy Umarova, artistlardan Mahmudjon Yusupov, Ravshan Ibrohimov, Bahromjon Rahimov, Yunusali Xalilov, Sabohiddin Ergashev, Nargiza Gʻoziyeva,Yoqutxon Juraeva(Uzbekistonda xizmat kursatgan artist), Odinaxon Begmatova,Xalimjon Ortiqov va boshqalar teatrning yetakchi ijodkorlaridir. Teatrning bosh rejissyori va bosh rassomi Azimjon Azizov(Uzbekistonda xizmat kursatgan madaniyat xodimi).

Eson Oʻrinov.