Qiziquvchan Matmusa: Hajviyalar
Muallif | Erkin Vohidov |
---|---|
Janr | sheʼrlar |
Til | oʻzbekcha |
Nashriyot | „Yangi asr avlodi“ |
Nashr etilgan sanasi | 2017 |
Sahifalar soni | 96 |
ISBN | ISBN 978-9943-27-994-0 |
„Qiziquvchan Matmusa“, toʻliq nomi „Qiziquvchan Matmusa: Hajviyalar“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2017-yil Toshkent shahrida „Yangi asr avlodi“ nashriyotida lotin yozuvida chop etilgan.[1] Sheʼriy toʻplam elektron kitob oʻlaroq ham sotuvga chiqarilgan. Toʻplam oʻrta maktabning 5–9-sinf oʻquvchilari uchun maktabdan tashqari oʻqish materiali oʻlaroq hozirlangan. 2018-yil Yoshlar nashriyot uyida Vohidovning Matmusa haqidagi sheʼrlari „Qiziquvchan Matmusa“ nomi bilan nashr qilingan.
Toʻplamga Vohidovning Matmusa obrazi haqidagi 17 sheʼri, shuningdek, „Shaharmi bu, qishloqmi bu“, „Qumursqalar jangi“, „Bir yolgʻondan qirq yolgʻon“, „Shum bola“, „Boʻri chaqirgan majlis va beodob ot haqida latifa“, „Uchkeken bozorida“, „Sen menga tegma“, „Bolalar“, „Tandir haqida ertak“, „Kuzatish“, „Tush“, „Arslon oʻrgatuvchi“, „Savagʻich“, „Majlis qiling“, „Sharq ertagi“ hamda „Kunlar sekin oʻtadi“ sheʼrlari kiritilgan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „„Qiziquvchan Matmusa“, Yangi asr avlodi NMM“ . Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi. Qaraldi: 22-dekabr 2020-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |