Qizilrovot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qizilrovot Namangan viloyatida joylashgan qishloq. XIX asr boshlarida Norin daryosidan suv olish uchun hashar yoʻli bilan Yangiariq kanali qazilgan. Qishloq nominining kelib chiqishini shu voqea bilan bogʻlaydilar. Rivoyat qilishlaricha, Xizr alayhissalom duosi va yordami bilan Yangiariq kanalining rejasining qurilishi, yer tuzish va boshqa muhandislik qonun-qoidalariga javob beradigan puxta qilib tuzishga erishilgan. U inson yoʻl-yoʻlakay butalarning uchini birin-ketin bir-biriga bogʻlab ariq yoʻlini belgilab bergan ekan. Shu bois, kanal boshidagi qishloq dastlab „Xizirobod“ deb atalgan. Shoʻro davrida bu soʻzning aytilishi buzilib, „Qizilrovot“ shaklini olgan. Boshqa bir maʼlumotga koʻra, qishloq hududidagi adirliklardan Xitoy va boshqa Sharq mamlakatlami bogʻlaydigan karvon yoʻl oʻtgan. Yangiariq boʻyidagi yoʻl chetlariga karvonsaroylar, mehmonxonalar, rabotlar qurilgan. Qishloqning nomi ham shundan kelib chiqib, „Xizrravot“ deb atalgan boʻlishi mumkin[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Zohid Madrahimov. Tarixiy toponimika (oʻzbekcha). „Navro‘z“ nashriyoti, 2007 — 101 bet.