Qiyqirdoq oqqush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qiyqirdoq oqqush
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Oila: O'rdaksimonlar
Tur: Qiyqirdoqlar
Binar nomi
Cygnus cygnus


Qiyqirdoq oqqush (lot.Cygnus cygnus, ing. Whooper swan) – shimoliy yarim sharning yirik oqqushidir. Bu Shimoliy Amerika oqqushining Yevroosiyodagi koʻrinishi va Cygnus turiga mansub oqqush hisblanadi.

Taksonomiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Francis Willughby va John Rayning 1676-yildagi Ornitologiyas nomli asarida bu oqqush Elk, Hooper yoki yovvoyi oqqush deb atalgan[1]. Bu Karl Linney tomonidan 1758-yilda chop etilgan oʻzining Systema Naturae nomli kitobida tasvirlangan koʻplab qush turlaridan biri edi. Bu kitobda unga Anas cygnus binomial nom berilgan[2]. Tur nomi cygnus soʻzida olingan boʻlib, lotinchada oqqush degan maʼnolarni bildiradi[3].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qiyqirdoq oqqush turi tashqi koʻrinishi boʻyicha Bewick oqqushiga oʻxshaydi. Ammo Qiyqirdoq oqqush Bewick oqqushidan kattaroq, uzunligi 140–165 santimetr va qanotlari kengligi 205–275 sm. Ogʻirligi odatda 7,4–14,0 kilogramm oraligʻida, erkaklarining ogʻorligi oʻrtacha 9,8–11,4 kg va ayollari esa 8,2-9,2 kg ni tashkil qiladi. Dunyo boʻyicha tasdiqlangan rasmiy rekord darajadagi ogʻirligi Daniyadan topilgan erkak qiyqirdoq uchun 15,5 kg ni tashkil qilgan. Bu tur uchuvchi qushlarning koʻproq tosh bosadiganlar qatoriga kiradi[4][5].

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qiyqirdoq oqqushlar yashash uchun koʻproq suvga muhtoj boʻladi, chunki ularning tana vaznini oyoqlari uzoq vaqt davomida ushlab turolmaydi. Oqqush koʻp vaqtini suzish, oziq-ovqat uchun suvga shoʻngʻish bilan oʻtkazadi[6].

Oqqushlar baland ovoz chiqaradilar va ular koʻp tosh bosishiga qaramay, mahoratli uchuvchilar hisoblanishadi. Qiyqirdoq oqqushlar janubiy Yevropa va Sharqiy Osiyodagi qishlash joylarigacha yuzlab yoki hatto minglab kilometr masofani bosib oʻtishlari mumkin. Ular subarktik Sibir, tayga zonasidagi Bewicks janubida koʻpayadilar. Ular Shimoliy Shotlandiyada, xususan, Orkneyda kamdan-kam uchraydi va soʻnggi yillarda u yerda ularning koʻpi bilan besh jufti qolgan. Soʻnggi yillarda Irlandiyada ham bu tur paydo boʻldi. Bu qush vaqti-vaqti bilan Hindiston yarimoroli va Shimoliy Amerikaning gʻarbiy qismidan uchib oʻtadi[7].

Oʻzbekiston tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tekislikdagi suv omborlari, xususan Qoraqalpogʻistondagi Orol dengizining janubiy qismi, Janubiy Surxon suv ombori, Buxoro viloyati koʻllari, Tuzkon, Aydarkoʻl boʻylarida qishlaydi. Ovlash taqiqlangan. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Willughby, Francis (1676). Ornithologiae libri tres [Ornithology, Book Three] (in Latin). London: John Martyn.
  2. „Systema Naturae per Regna Tria Naturae, Secundum Classes, Ordines, Genera, Species, cum Characteribus, Differentiis, Synonymis, Locis. Tomus I. Editio decima, reformata“.
  3. „The Helm Dictionary of Scientific Bird Names.“.
  4. Brazil, Mark (2003). The Whooper Swan. Christopher Helm Ornithology.
  5. Dunning, John B. Jr., ed. (1992). CRC Handbook of Avian Body Masses. CRC Press.
  6. Mondadori, Arnoldo, ed. (1988). Great Book of the Animal Kingdom. New York: Arch Cape Press. pp. 182–183.
  7. „"Whooper Swan sighted in Himachal Wetland after 113 years. | Hill Post".“.
  8. „O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qushlar ro‘yxati“.