Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi (1926—1936)
- Hozirgi Qozogʻiston hududida boʻlgan Qozoq (Qirg'iz) Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi bilan adashtirib yubormang.
Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi qirgʻizcha: Кыргыз Автономиалуу Кеңештик Социалисттик Республикасы <ruscha: Киргизская Автономная Социалистическая Советская Республика> RSFSR tarkibidagi avtonom respublika | |||||||
| |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Poytaxti | Pishpek | ||||||
Yirik shaharlari | Pishpek, Oʻsh, Jalolobod, Prjevalsk | ||||||
Til(lar)i | Qirgʻizcha, ruscha | ||||||
Pul birligi | SSSR rubli | ||||||
Maydoni | 196 129 km² | ||||||
Aholisi | 993 ming (1926) | ||||||
Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi (Qirgʻiziston ASSR, Qirgʻiz ASSR) (ruscha: Киргизская Автономная Социалистическая Советская Республика) RSFSR tarkibidagi avtonom respublika boʻlib, 1926—1936-yillarda mavjud boʻlgan.
Poytaxti – Pishpek shahri. 1926-yil 12-mayda SSSR Markaziy ijroiya qoʻmitasi prezidiumi shahar nomini Frunze deb oʻzgartirdi (1925-yil oktyabrda vafot etgan pishpeklik M. V. Frunze xotirasiga)[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qirgʻiziston ASSR 1926-yil 1-fevralda Qirgʻiz avtonom viloyati negizida tashkil etilgan.
1934-yil 20-avgustda Butunrossiya Markaziy ijroiya qoʻmitasi prezidiumi respublikaning yangi tumanlarga boʻlinishini tasdiqladi[2].
Yangi „Stalinistik“ konstitutsiyaning qabul qilinishi bilan – 1936-yil 5-dekabrda Qirgʻiziston ASSR Qirgʻiziston SSRga aylantirildi.
1941-yilda SSSR Sovet Qirgʻizistonning 15 yilligiga bagʻishlab bir qator markalar chiqardi.
-
Ot tasviri
-
Konchi
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Trudi pervoy konferensii po izucheniyu proizvoditelnix sil Kirgizskoy ASSR. L.: Izd-vo AN SSSR, 1934.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „История города“ (ru). Мэрия г. Бишкек. 2018-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-yanvar.
- ↑ „Об изменениях в составе районов Киргизской АССР и о её внутреннем административно-территориальном делении“. 2018-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan.. Postanovlenie VTsIK ot 20.08.1934