Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi (1926—1936)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hozirgi Qozogʻiston hududida boʻlgan Qozoq (Qirg'iz) Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi bilan adashtirib yubormang.
Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi
qirgʻizcha: Кыргыз Автономиалуу Кеңештик Социалисттик Республикасы
<ruscha: Киргизская Автономная Социалистическая Советская Республика>

RSFSR tarkibidagi avtonom respublika

1926-yil 1-fevral — 1936-yil 5-dekabr



Bayroq
Poytaxti Pishpek
Yirik shaharlari Pishpek, Oʻsh, Jalolobod, Prjevalsk
Til(lar)i Qirgʻizcha, ruscha
Pul birligi SSSR rubli
Maydoni 196 129 km²
Aholisi 993 ming (1926)

Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi (Qirgʻiziston ASSR, Qirgʻiz ASSR) (ruscha: Киргизская Автономная Социалистическая Советская Республика) RSFSR tarkibidagi avtonom respublika boʻlib, 1926—1936-yillarda mavjud boʻlgan.

Poytaxti – Pishpek shahri. 1926-yil 12-mayda SSSR Markaziy ijroiya qoʻmitasi prezidiumi shahar nomini Frunze deb oʻzgartirdi (1925-yil oktyabrda vafot etgan pishpeklik M. V. Frunze xotirasiga)[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qirgʻiziston ASSR 1926-yil 1-fevralda Qirgʻiz avtonom viloyati negizida tashkil etilgan.

1934-yil 20-avgustda Butunrossiya Markaziy ijroiya qoʻmitasi prezidiumi respublikaning yangi tumanlarga boʻlinishini tasdiqladi[2].

Yangi „Stalinistik“ konstitutsiyaning qabul qilinishi bilan – 1936-yil 5-dekabrda Qirgʻiziston ASSR Qirgʻiziston SSRga aylantirildi.

1941-yilda SSSR Sovet Qirgʻizistonning 15 yilligiga bagʻishlab bir qator markalar chiqardi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Trudi pervoy konferensii po izucheniyu proizvoditelnix sil Kirgizskoy ASSR. L.: Izd-vo AN SSSR, 1934.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „История города“ (ru). Мэрия г. Бишкек. 2018-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-yanvar.
  2. „Об изменениях в составе районов Киргизской АССР и о её внутреннем административно-территориальном делении“. 2018-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. . Postanovlenie VTsIK ot 20.08.1934