Qayli gʻori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qayli gʻoritosh davriga oid makon. Turkmanistonning Bolxon viloyati hududida. Gʻor yaqinidan topilgan qabristonlardan maʼlum boʻlishicha, ilk neolit davri odamlari jasadlarni dengiz sohiliga koʻmishgan. Mayyit tanasiga qizil boʻyoq (oxra) sepilgan va chaqmoqtoshdan yasalgan pichoq qoʻshib koʻmishgan. Undan tashqari, dengiz chigʻanoqlaridan ishlangan marjonlar ham topilgan boʻlib, ular marhumning bosh kiyimiga taqilgan va oʻng boldiriga ham oʻrab koʻmilgan. Bu topilmalar Gʻarbiy Turkmanistonda baliq ovlovchilar va boshqalarning xilxonalari boʻlganidan guvohlik beradi.