Qatan gʻazoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qatan gʻazoti
Sanalar Milodiy 625-yil (hijriy 4-yil Muharram oyi)
Urush yeri Najd, Qatan, Arabiston
Natija * Musulmonlar gʻalaba qozongan
* Qabila vakillari qochib ketishgan
* Musulmon askarlari bir qancha oʻljalarni olib ketishgan[1]
Qoʻmondonlar
Abu Salama Tulayha
Kuchlar
150[1] Nomaʼlum

Qatan gʻazoti Islom taqvimining 4-hijriy yilida Hamro al-Asad jangidan soʻng Banu Asad ibn Xuzayma qabilasiga qilingan birinchi bosqin[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Banu Asad ibn Xuzayma qabilasi (Banu Asad qabilasi bilan adashtirmaslik kerak) Qatan deb ataladigan hududda yashovchi Quraysh bilan aloqa olib boradigan kuchli qabilalardan biri edi. Qabila vakillari Najddagi Qatan tepaligi yaqinida istiqomat qilishgan. Musulmonlarning Qatanga yurishi Muhammadning Islomni yoyish uchun qilgan harakatlaridan biri edi[3][4]. Paygʻambar Muhammad Abu Salama Abdulloh ibn Abdulasad boshchiligida 150 kishilik qoʻshinni hijriy 4-yilning Muharram oyi birinchi kunida ushbu qabilaga toʻsatdan yurish qilish uchun yuborgan[5].

Yurish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musulmonlar Qatanga yetib kelganlarida qabila aʼzolari ulardan qoʻrqib qochib ketishgan. Musulmon askarlari koʻplab tuya va echkilar podasiga qarovchi 3 nafar choʻponni koʻrganlar va asir sifatida oʻzlari bilan birga Madinaga olib ketishgan.

Abu Salamaning bundan oldingi Uhud jangida olgan jarohati hali toʻliq tuzalib ketmaganligi bois u ushbu yurish davomida vafot etgan.

Banu Asad ibn Xuzayma qabilasiga qarshi ikkinchi bosqin oradan deyarli 3 yil oʻtib sodir etilgan[2][6].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Mubarakpuri, The sealed nectar: biography of the Noble Prophet , p. 349.
  2. 2,0 2,1 Hawarey, Mosab. The Journey of Prophecy; Days of Peace and War (Arabic). Islamic Book Trust, 2010. ISBN 9789957051648. Hawarey, Mosab (2010). The Journey of Prophecy; Days of Peace and War (Arabic). Islamic Book Trust. ISBN 9789957051648.Note: Book contains a list of battles of Muhammad in Arabic, English translation available here
  3. al-Bukhari. Sahih al-Bukhari — 108 bet.  Alt URL
  4. „Quran Tafsir | Tafsir Ibn Kathir – Surah 9. At-Tauba . Ayah 123“. www.alim.org. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  5. Ibn Saʼd, vol.ii, p. 150
  6. Mubarakpuri, The sealed nectar: biography of the Noble Prophet, p. 383.