Abu Salama
Abu Salama Abdulloh ibn Abdul Asad (arab. أَبُو سَلَمَة عَبْد ٱلله ٱبْن عَبْد ٱلْأَسَد) Muhammad alayhissalomning sahobalaridan biri edi. Shuningdek, u Muhammad (s.a.v.)ning amakivachchalari hamda sut onalari Suvayba orqali emikdosh birodarlari ham boʻlgan[1].
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abu Salama Muhammad alayhissalomning ilk sahobalaridan biri edi. U Barra binti Abdulmuttalib va Abdul Asadlarning nikohidan tugʻilgan, shuning uchun Muhammad alayhissalomning birinchi amakivachchalari boʻlgan. Chunki Barra Abdulloh ibn Abdulmuttalibning tugʻishgan singlisi edi. Abu Salama Ummu Salamaga uylangan va ular birinchilardan boʻlib Islomni qabul qilganlar. Ularning toʻrt farzandi bor edi, bular Salama, Umar, Zaynab va Durradir. Abu Salama ham Habashistonga hijrat qilishda ishtirok etgan, ammo keyinchalik amakisi Abu Tolib ibn Abdulmuttalib himoyasida yurtiga qaytib kelgan.
Harbiy harakatlardagi shtiroki[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abu Salama Qatan gʻazotiga boshchilik qilganidan keyin, Uhud jangida olgan jarohati tufayli vafot etgan. Muhammad alayhissalom uning vafotidan keyin bevasi Ummu Salamaga uylanganlar. U shuningdek, Banu Asad ibn Xuzayma qabilasining Madinaga hujum qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar olingandan soʻng, ularga qarshi hujum qilish uchun Qatan sariyyasida qatnashgan[2]. Sariyya davomida 3 kishi musulmonlar tomonidan asirga olingan[3].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Ibn Qudāma, al-Tabyīn fī Ansāb al-Qurashīyīn. Ed. by Muḥammad Nāyif al-Dulaymī (n.p: Manshūrāt al-Majmaʿ al-ʿIlmī al-ʿIrāqī, 1982), 38.
- ↑ Mubarakpuri, The sealed nectar: biography of the Noble Prophet, p. 349.
- ↑ Sa'd, Ibn. Kitab al-tabaqat al-kabir. Pakistan Historical Society, 1967 — 150 bet.