Qaragʻay
Qaragʻay – qaragʻaydoshlar oilasiga mansub igna bargli daraxtlar va butalar turkumi. Asosan, Shimoliy Amerika va Yevrosiyoning oʻrmon zonasida, kamroq Shimoliy yarim sharning tropik va subtropik togʻlarida tarqalgan. 100 ga yaqin turi maʼlum. Rossiyada yovvoyi holda 12 turi va introduksiyalangan 70 turi uchraydi. Oʻzbekistonda qaragʻay yovvoyi holda oʻsmaydi. Uning qora qaragʻay, tilogʻoch, pixta va kedr kabi turkumlarining pallas yoki qrim qaragʻayi oddiy qaragʻay, shrenk qoragʻayi turlari oʻstiriladi. Pallas yoki qrim qoragʻayining boʻyi 15—20 (30) m gacha. Shoxshabbasi keng, uzun. Ignabarglari 8— 15 sm, ingichka, qalami, toʻq yashil, qattiq, oʻtkir uchli. Qubbasi yirik, uz. 6—10 sm, eni 4—5 sm, tangachalari rombsimon, yaltiroq, qoʻngʻirsargʻish. Qaragʻay issiqsevar, yorugʻsevar oʻsimlik. 150—500 (600) yilgacha yashaydi. urugʻidan koʻpaytiriladi. Shahar koʻchalari, xiyobonlarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Qaragʻayning barcha turlari yogʻochi mebelsozlikda, qurilishda, taxta tayyorlash, smola va skipidar olishda ishlatiladi.
Poʻstlogʻi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻpchilik qaragʻaylarning poʻstlogʻi qalin, lekin baʼzi turlarining poʻstlogʻi yupqa boʻladi. Shoxlar oddiy „psevdo burmalar“ shaklida boʻladi, aslida juda qattiq spiral boʻlib bir xil nuqtadan kelib chiqadigan novdalar halqasi kabi koʻrinadi. Koʻpgina qaragʻaylar bir boʻlakli boʻlib har yili yangi kurtaklardan faqat bitta novda hosil qiladi, ammo boshqalari koʻp tugunli boʻlib yiliga ikki yoki undan ortiq novdalar hosil qiladi.
Qubbasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qaragʻaylar bir uyli boʻlib, erkak va urgʻochi qubbalari bir daraxtda boʻladi. Erkak qubbalari kichik, odatda 1-5 sm uzunlikda boʻlib faqat qisqa vaqt davomida (odatda bahorda, kuzda esa bir necha navlari) mavjud boʻlib gul changlarini toʻkishi bilanoq toʻkiladi. Urgʻochi qubbalari changlatishdan keyin 1,5-3 yil davomida (turlarga qarab) pishib yetilganligi sabab haqiqiy urugʻlantirish bir yilga kechiktiriladi. Yetilgan paytida urgʻochi qubbalarining uzunligi 3-60 sm boʻladi.
Tarqalishi va vatani
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qaragʻaylar shimoliy yarimshar va janubiy yarimsharda tropiklaridan moʻtadil mintaqalargacha boʻlgan bir necha qismga xosdir. Shimoliy yarimsharning aksariyat hududlarida qaragʻaylarning mahalliy turlari mavjud; ular Boreal o'rmonining katta maydonlarini egallaydi va Oʻrta Yer dengizi havzasi atrofida joylashgan. Bir turi (Sumatra qaragʻayi[1]]]) Sumatrada ekvatorni 2° janubiy qirgʻoqqa kesib oʻtadi. Shimoliy Amerikada turli xil turlar shimoldan 66° hamda janubdan 12° boʻlgan kenglikdagi mintaqalarda uchraydi[2].
Qaragʻaylarni yarim qurgʻoqchil choʻldan tortib yomgʻirli oʻrmonlargacha, dengiz sathidan 5200 m (17100 fut)gacha, eng sovuqdan eng issiq muhitgacha boʻlgan juda koʻp turli xil muhitlarda topish mumkin. Ular koʻpincha qulay tuproqli va kamida bir oz suvli togʻli hududlarda uchraydi[3]. Har ikki yarim sharning moʻtadil va subtropik mintaqalariga turli xil turlar ekilgan, ular yogʻoch sifatida oʻstiriladi yoki parklar va bogʻlarda manzarali oʻsimliklar sifatida yetishtiriladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://en.wikipedia.org/wiki/Pinus_merkusii
- ↑ Singh, Surendra P.; Inderjit; Singh, Jamuna S.; Majumdar, Sudipto; Moyano, Jaime; Nuñez, Martin A.; Richardson, David M. (2018-09-21). "Insights on the persistence of pines (Pinus species) in the Late Cretaceous and their increasing dominance in the Anthropocene". Ecology and Evolution 8 (20): 10345–10359. doi:10.1002/ece3.4499. ISSN 2045-7758. PMID 30398478. PMC 6206191. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6206191.
- ↑ „Pine Trees“. Basic Biology (2020-yil 30-avgust). Qaraldi: 2019-yil 31-oktyabr.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |