Kurtak
![]() | Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kurtak — 1) yuksak oʻsimliklarning novda kurtagi. Kurtak uchki qismida oʻsish konusi boʻlgan boshlangʻich poya va oʻzaro zich joylashgan har xil yoshdagi bargchalardan (vegetativ kurtak) yoki ular bilan birga oʻrnashgan boshlangʻich gul va tuigullardan (generativ kurtak) iborat. Boshlangich gul kurtak gʻuncha deyiladi. Qishlaydigan kurtak sirtdan qoʻngʻir qobiq (shakli oʻzgargan barglar) bilan qoplangan. Kurtak novdaning uchida (uchki kurtak), barg qoʻltigʻida (barg kurtak) yoki poyaning boshqa qismlari, ildiz, baʼzan barglarda (qoʻshimcha kurtak) boʻladi. Bahorda yozilmaydigan va novdada rivojlanmay turgan kurtak uyqudagi (yashirin) kurtak deyiladi. Oʻsimlik kesilganida yoki singanida bunday Kurtak.dan yangi novda oʻsib chiqadi. Oʻsimliklarning bu xususiyatidan bir tur oʻsimlikni boshqa tur oʻsimlikka payvandlashda foydalaniladi; 2) baʼzi umurtqasiz hayvonlar (boʻshliqichlilar, halqali chuvalchanglar va boshqalar)da ova organizmida rivojlanayotgan jinssiz yoki jinsiy yosh organizm[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Kurtak“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (K-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |