Qandil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qandil — osma chiroq turi; bir yoki bir necha sham yoki lampochka qoʻyiladigan turlari bor. Metall, plastmassa, ganch va boshqalar xom ashyolardan yasaladi. Qandilning shiftga va devorga oʻrnatiladigan turlari boʻlib, ular bir yoki bir necha qismlar birikmasidan iborat boʻladi. Oʻzbekiston hududida qadimdan saroy, madrasa va boshqalarni yoritish uchun sopol, mis, jez, ganch Qandillar yasalgan va ulardan keng foydalanilgan. Amir Temur maqbarasi, Shohizinda, Qusam ibn Abbos ziyoratxonasida noyob Q.lar boʻlganligi maʼlum. 20-asrda, shuningdek, amaliy sanʼat ustalari tomonidan nafis jozibador ishlangan ganch Q. keng tarqala boshladi [1].




  1. Usta Shirin Murodov, T. Arslonqulov, A. Muxtorov va boshqalar