Qalmoqjon oyim madrasasi
Madrasa | |
Qalmoqjon oyim madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Qalmoqjon oyim madrasasi Hoji Habibulloh guzarida joylashgan bo‘lib, 14 hujradan iborat bo‘lgan ikkinchi darajadagi oliy toifaga mansub bo‘lgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mazkur o‘quv maskani faoliyatiga taalluqli oltita hujjat aniqlangan. Qozikalon Mir Badriddin arznomasida madrasa taʼlimini tugatgan va dars berishga layoqatli mulla Sohibnazar Qalmoqjon oyim madrasasi mudarrisi mulla Neʼmatullohning bo‘sh qolgan o‘rniga o‘tishdan umidvorligini maʼlum qilgan. Maoshi 6 tilla. Ikkinchi hujjatda mulla Sohibnazar o‘quv mavsumi boshlanganida vazifasini bajarish uchun ish joyiga kelmagani va uning o‘rniga usta Solih Farmonqul masjidida qurgan hujralar mudarrisi mulla Jonmuhammad o‘tkazilayotgani bildirilgan. Maoshi 9 tilla. XIX asr oxirlarida bu yerda mulla Kattabek mudarrislik qilgan. Bemorlar ro‘yxatida Qalmoqjon oyim madrasasining 4 nafar talabasi ismi mavjud.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 482.