QWERTY

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

QWERTY- bu lotin tilidagi alifbo harflaridan tashkil topgan klaviaturadagi harflarning tartibi.

QWERTY tartibidagi klaviatura

Bu nom klaviaturaning yuqori chap tarafidagi dastlabki oltita harf qatoridan kelib chiqgan.

QWERTY klaviaturasi Sholes & Glidden yozuv mashinkasining klaviatura dizayniga asoslangan va 1873-yilda E.Remington tomonidan sotib olingan. Bu turdagi klaviatura dizayni 1878-yildan boshlab mashhur boʻlib ketdi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

QWERTY dizaynidagi noutbukning kompyuter klaviaturasi

QWERTY dizayni Viskonsin shtatining Kenosha shahrida gazeta muharriri bo‘lib ishlaydigan Christopher Latham Sholes tomonidan ishlab chiqilgan. 1867-yilda Sholes do‘stlari Carlos Glidden va Samuel W.Soule yordamida dastlabki yozuv mashinkasi klaviaturasi dizayniga patent oladi.

Tugmalarni ustma-ust joylashtirish uchun dioganal ustunlardan foydalanilgan.

Sholes tomonidan yaratilgan birinchi yozuv mashinkasining dizayni quyidagi ikki qatorli alifbo tartibida joylashtirilgan[1]:

- 3 5 7 9 N O P Q R S T U V W X Y Z
2 4 6 8 . A B C D E F G H I J K L M

Keyingi besh yil davomida Sholes o‘z ixtirosini takomillashtirish ustida ishladi va dastlabki ko‘rinishini anchagina yaxshi holatga keltirdi. Bu ixtiroga bevosita James Densmore homiylik qiladi va uning ukasi o‘qituvchi Amos Densmore o‘zining bigram(harf-belgi juftligi) ustidagi olib borayotgan tadqiqotlari orqali ixtiroga o‘zining hissasini qo‘shgan degan taxminlar mavjud. Boshqalar esa, bu tartib telegraf operatorlarining dizayn haqidagi bildirgan munosabatlari sabab bo‘lgan deb o‘ylashadi[2]. 1868-yil noyabrda Sholes dastlabki dizayndagi ikki qatorli tartibning o‘rniga uch qatorli tartibni qo‘llaydi. 1870-yil aprel oyida Sholes hozirgi dizaynga anchagina yaqin bo‘lgan to‘rt qatorli tartibni yaratdi. Qator quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘lgan:

2 3 4 5 6 7 8 9 -
A E I . ? Y U O ,
B C D F G H J K L M
Z X W V T S R Q P N

1873-yilda Sholesning homiysi James Densmore Sholes & Gliden yozuv mashinkasining ixtiro patentini E.Remingtonga sotadi. Klaviatura dizayniga Remingtonning mexaniklari tomonidan bir necha oy davomida yangi o‘zgartirishlar kiritiladi va ommaga taqdim etiladi[3]. O‘zgarishlardan so‘ng klaviatura dizayni quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:

2 3 4 5 6 7 8 9 - ,
Q W E . T Y I U O P
Z S D F G H J K L M
A X & C V B N ? ; R

Zamonaviy klaviatura dizayni esa quyidagicha ko‘rinishga ega:

1 2 3 4 5 6 7 8 9 0 - =
Q W E R T Y U I O P [ ] \
A S D F G H J K L ; '
Z X C V B N M , . /

QWERTY dizayni 1878-yilda Remington tomonidan sotib olingandan so‘ng ommalashib ketadi, bunga sabab esa, A tugmachasining yonidagi harflarni katta yoki kichik harfga o‘zgartiruvchi (Shift) belgisining qo‘llanilgani edi. Bu dizaynning mashhur bo‘lishiga yana bir sabab, QWERTY klaviaturasidagi tez-tez ishlatiladigan harflarning kombinatsiyasini bir-biridan uzoqroq joylashtirish orqali ichki to‘qnashuv ehtimolini kamaytirganligi deb qaraladi[4].

Hozirgi va eski dizayn o‘rtasidagi tafovut[tahrir | manbasini tahrirlash]

Christopher Latham Sholesning 1878-yildagi QWERTY klaviatura joylashuvi

Sholesning 1878-yildagi patentida tasvirlangan QWERTY dizayni hozirgi tartibdan biroz farq qiladi, agarda 0 va 1 raqamlari bo‘lmagan taqdirda, qolgan raqamlarning joylashuvi hozirgi dizayn bilan deyarli bir xil. Bundan tashqari M va N harflarining joylashuvi ham hozirgi dizayndan biroz farq qiladi[5]. Dizaynni soddalashtirish va ishlab chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarni kamaytirish maqsadida 0 va 1 raqamlari qo‘yilmaydi. Chunki, 1 raqamini I harfi, 0 raqamini esa O harfi orqali yozish ham mumkin bo‘lgan[6]. Yozuv mashinkalari tarixida 0 raqami 1970-yillardan boshlab klaviaturaga qo‘yila boshlagan[7].

Afzalliklari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozish paytida qo‘llarni almashtirish klaviaturada ishlashning muhim amallaridan biri hisoblanadi. Bir qo‘l harfni terayotgan bo‘lsa, ikkinchi qo‘l keyingi harfni yozishga tayyorlanishiga imkon bo‘ladi, bu esa jarayonni samaraliroq qiladi. QWERTY tartibida o‘ng qo‘ldan ko‘ra chap qo‘ldan foydalanib ko‘proq so‘zlarni yozish mumkin. Aslida, minglab inglizcha so‘zlarni faqat chap qo‘l bilan yozish mumkin, faqat o‘ng qo‘ldan foydalanib bir necha yuz so‘zni kiritish mumkin[8]. Ingliz tilida tez-tez uchraydigan uchta harf E T A, chap qo‘l bilan yoziladi. Bundan tashqari chap qo‘l bilan ko‘plab belgilarni ham kiritish mumkin. Bu chap qo‘l bilan ishlaydiganlar uchun qulay, lekin o‘ng qo‘ldan ko‘proq foydalanadiganlar uchun bir qancha noqulayliklar paydo qiladi. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha QWERTY dizayni yozishni sekinlashtirish uchun mo‘ljallangan deb o‘ylashadilar[9], aslida esa bu dizayn yozishni tezlashtirish uchun shunday ishlab chiqilgan. Bundan tashqari harflarni bir-biridan uzoqlashtirish tufayli terish tezligi oshadi, chunki bu tartibda ikki qo‘lga ham teng vazifa tushadi[10][11].

Klaviaturadagi o‘zgarishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teletype kabi birinchi kompyuter kompaniyalari turli xil vazifaga ega bo‘lgan belgilarni klaviaturaga kirita boshladilar, misol uchun chiqish(ESC) tugmasi kabi.

AQShda ishlatiladigan QWERTY klaviaturasini joylashtirish tartibi

Keyinchalik klaviaturaga funksional belgilar xam qo‘shildi. 1980-yilda Windows-ni standartlashtirgandan so‘ng o‘ngdagi rasmdagi kabi tartibda klaviatura ishlab chiqariladigan bo‘ldi. Ushbu tartibda o‘ngda alohida raqamli klaviatura, yuqori qismda 12 ta funksional belgi, markazda Insert, Delete, Home, End, Page Up va Page Down tugmalari, uning pastida esa T shaklidagi kursor o‘qlari mavjud[12].

Alternativlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ko‘p yillar davomida QWERTY-ga alternativ bir nechta klaviatura dizaynlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning dizaynerlari va klaviatura foydalanuvchilari buni yanada samaraliroq deb daʼvo qilishdi[13]. Ammo baʼzi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, baʼzi dizaynlarda harflarni tezroq terishga imkon beradi[14], biroq boshqa bir qancha tadqiqotlarda bu o‘z isobtini topmadi. Bundan tashqari boshqa dizaynlarda ustida o‘tkazilgan ko‘plab sinovlar August Dvorak tadqiqotlari kabi soxtalashtirilgani maʼlum bo‘ldi. Iqtisodchi Stan Liebowitz va Stiven Margolislarning fikricha, tadqiqotlarning samaraliroq bo‘lishidan qatʼiy nazar bu tadqiqotlar befoyda edi[15].

Bunday alternativ dizaynlardan faqat Dvorak klaviaturasi taniqliroq, boshqa alternativ Kolemak esa qisman QWERTY-ga asoslangan va baʼzi tadqiqotchilar buni QWERTY-dan ko‘ra o‘rganish osonroq deb o‘ylashadi[16]. Ko‘pgina zamonaviy kopmyuter operatsion tizimlari ushbu va boshqa alternativlarni maxsus rejim sozlamalari orqali qo‘llab quvvatlaydi.

Mobil telefonlar uchun QWERTY klaviturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nokia E55 uchun QWERTY klaviaturasi.

Mobil telefonlarda QWERTY klaviaturasining kombinatsiyasi bitta tugmaga ikkita harf biriktirilishi orqali qo‘llaniladi. Bunda „Q“ va „W“ harfi bir tugmaga biriktirilgan bo‘ladi va foydalanuvchi „Q“ ni kiritishi uchun bir marta „W“ ni yozish uchun esa ikki marta tugmani bosishi kerak. Bu uslubda tugmalar soni kamayashi bilan birga ularning joyi ham kamayadi. Bu mobil telefonlar uchun foydalidir[17].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Foydalanilgan adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]