Emissiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Emissiya (lot. — chiqarmoq, ishlab chiqarmoq) — muomalaga bank biletlari, barcha shakllardagi pul belgilari va qimmatli qogʻozlar chiqarish. Pul E.sini davlatning markaziy (emissiya) banklari amalga oshiradi. Pul E.si pul belgilarini bosib chiqarishnigina emas, muomaladagi naqd va naqd boʻlmagan pul massasining koʻpayishini ham bildiradi. Qimmatli qogʻozlarni davlat, banklar, aksiyadorlik jamiyatlari chiqaradi. Muomalaga pul va qimmatli qogʻozlar chiqargan har qanday organ yoki tashkilot (davlat banki, moliyakredit muassasasi, korxona, kompaniya) emitent deb nomlanadi.