Prolaktin
Prólaktin (lotincha: prolactinum, inglizcha: Prolactin (PRL), Luteotropic hormone (LTH))[1] — gipofiz bezining asosiy omillaridan biri bo‘lib, gormonlarning ko‘payishi hamda nerv tomirlarining regeneratsiyalashda katta rol o‘ynaydi. Uning boshqacha nomi «stress garmon» deb ham ataladi. Uning ayollarda ko‘payishi jismoniy va ruhiy zo‘riqishlarga olib keladi. Gormonning vazifasi to‘la o‘rganilmagan, lekin ko‘p jihatlari aniqlangan. Gormon qizlarda balog‘at davrida sut bezlarining o‘sishini ta’minlasa, homiladorlikda, emizikli davrda laktatsiya jarayonini boshqaradi. Gormon Bu gormon erkaklar uchun ham muhim hisoblanadi va spermatogenezni va prostata sekretining ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.
Prolaktin | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
![]() PDB mana bu asosida 1n9d. | |||||||||||||
| |||||||||||||
Identifikatorsiyalash | |||||||||||||
Simbol | PRL | ||||||||||||
Tashqi ID | OMIM: 176760 MGI: 97762 HomoloGene: 732 GeneCards: PRL Gene | ||||||||||||
| |||||||||||||
Ortologiya | |||||||||||||
Turi | Odam | Sichqon | |||||||||||
Entrez | 5617 | 19109 | |||||||||||
Ensembl | ENSG00000172179 | ENSMUSG00000021342 | |||||||||||
UniProt | P01236 | P06879 | |||||||||||
RefSeq (мРНК) | NM_000948 | NM_001163530 | |||||||||||
RefSeq (oqsil) | NP_000939 | NP_001157002 | |||||||||||
Lokus (UCSC) | Chr 6: 22.29 – 22.3 Mb | Chr 13: 27.06 – 27.07 Mb | |||||||||||
Bu gormon darajasi hayz sikli kuniga qarab o‘zgaradi. Norma quyidagicha:
- follikulyar bosqichida (в фолликулярной фазе) — 4,5-33 ng / ml dan;
- ovulatuar bosqichida (в овуляторной фазе ) — 6,3-49 ng / ml dan;
- luteal bosqichida ( в лютеиновой фазе ) — 4,9-40 ng / ml dan
Aslida gormon chegarasini aniqlash biroz mushkul va bu individual ko‘rsatkich hisoblanadi. Biroq umumiy jiatdan olganda prolaktin gormoni homiladorlik davri kuzatilmaganda 4.1-4.5 ng / ml dan 24-34 ng / ml gacha bo’lishi kerak.
Prolaktin ortishi sabablari[tahrir]
Prolaktin ortishiga quyidagi patalogik holatlar sabab bo‘lishi mumkin:
- Prolactinoma. Qondagi gormonning konsentratsiyasi darajasi 200 ng / ml gacha yetadi.
- Anoreksiya.
- Gipotireoz.
Prolaktin ortishiga fiziologik holatlar ham sabab bo‘lishi mumkin.Bular
- homiladorlik;
ko’krak suti bilan boqishda;
- kuchli jismoniy faoliyat natijasida;
- ratsionida yuqori oqsil bo‘lganda;
- ruhiy charchoqda.
Labaratoriya tekshiruviga borishdan oldin jinsiy aloqaga kirishmaslik, asabiylashmaslik, kamida 30 daqiqa tinch joyda dam olish, chekmaslik, spirtli ichimliklar qabul qilmaslik zarur. Va shuni ham alohida ta’kidlashimiz kerakki, gormon analizini 2-3 ta labaratoriyada topshirish zarur.
Havolalar[tahrir]
- http://www.prolaktin.com
- http://humbio.ru/humbio/endocrinology/000825d9.htm
- Prolaktin gormonining rus tilidagi sahifasi
Manba[tahrir]
![]() | Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |