Laktatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Laktatsiya (lakt...) — odam va sut emizuvchi hayvonlarda sut hosil boʻlishi, yigʻilishi va vaqt-vaqti bilan ajralib chiqishi. Sut emizuvchi hayvonlarning urgʻochilari va ayollarga xos. L. tugʻruqdan keyin boshlanadi. Sut sut bezlaritsa qondan soʻrib olingan oziq moddalar hisobiga yigʻiladi. L. — murakkab neyro-gumoral jarayon (qarang Ney-ro-gumoral regulyasiya). Ayollarda koʻzi yorigan kunining dastlabki kunidanoq ogʻiz suti, 2—3 haftadan keyin esa rosmana sut kela boshlaydi; 10—20-haftalarga kelib L. avjiga chiqadi. L. muddati har bir ayol sut bezlarining oʻziga xos xususiyatlariga, emizikli onaning ovqatlanish tarziga, shuningdek, bolani emizib boqishiga bogʻliq (qarang Goʻdak). Agar sut bezlaridan sut chi-karib turilmasa, L. toʻxtaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil