Priyanka Chopra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Priyanka Chopra Jonasdan yoʻnaltirildi)
Priyanka Chopra

Chopra 2018-yilda
Tavalludi 18-iyul 1982-yil (1982-07-18) (41 yosh)
Jamshedpur, Bihar, Hindiston
(hozirda Jharkhand, Hindiston)
Fuqaroligi Hindiston bayrogʻi Hindiston
Kasbi
Faoliyat yillari 2000—hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Nick Jonas (turm. 2018)

Priyanka Chopra Jonas[1] (qizlik familiyasi Chopra; 18-iyul 1982-yil) hind aktrisasi, qoʻshiqchisi, film produseri va modelidir. Priyanka Hindiston armiyasining shifokorlari oilasida dunyoga kelgan. U Lukcnowidagi „La Martiniere“ qizlar maktabida, undan soʻng Barillydagi St. Maria Yoretti kollejida tahsil olgan. U 13 yoshda AQShga ketadi. 2000-yilda Priyankaning onasi uni „Miss India“ tanloviga borishni taklif qiladi va shu tariqa Priyanka faoliyatini boshladi. Keyinchalik u „Miss India“ tanlovida gʻolib boʻldi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yil Abbas Mustanning romantik triller "Humraaz" filmida debut rol ijro etdi. Priyanka aynan shu film orqali aktrisalikka va Bollywoodga qadam qoʻyadi. Keyinchalik u bir nechta hit filmlarda rol ijro etadi. Shulardan biri 2004-yil Rakesh Roshanning "Krrish" filmidir. Bu filmda u Hrithik Roshan bilan juftlik yaratdi. Bu fim 1,17 milliard rupiy foyda keltirdi. "Krrish" filmidan soʻng 2006-yilda Farhan Ahtarningladining "Don" filmida Shahrukh Khan bilan hamkorlikda ishladi. 2007-yilda "Saalam-e-Ishq" filmida Salman Khan bilan juftlik yaratdi. Priyanka 2012-yildan qoʻshiqchi sifatida ham faoliyat olib boradi. Hozirda uni "In my city" (2012), "Exotic" (2013-yilda Pitbull bilan hamkorlikda yozilgan),"I can't make you love" (2014) qoʻshiqlari mavjud.

Filmografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Basu, Nilanjana „After Wedding To Nick Jonas, Priyanka Chopra Changes Her Name On Instagram“. NDTV (6-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 6-dekabr 2018-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]