Kontent qismiga oʻtish

Poʻstloqxoʻrlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
lotincha: Dendroctonus ponderosae

Poʻstloqxoʻrlar (lotincha: Scolytidae), poʻstloqxoʻr qoʻngʻizlar — qoʻngʻizlar oilasi. 3000 dan ortiq turi bor, keng tarqalgan. Po'stloqxoʻrlar chin po'stloqxoʻr, lubxoʻrlar va zabolonniklar (poʻstloq osti qoʻngʻizlari) guruxlariga boʻlinadi. Ularning ayrim turlari poʻstloq ostida, baʼzilari poʻstloqda, boshqalari yogʻochda yoki ildizda, oʻtsimon oʻsimliklar poyasida, ayrim tropik turlari meva va urugʻlarda yashaydi. Tanasi kichik (0,8—3,5mm), qoʻngʻir yoki qora, moʻylovi ilgaksimon, oyoqlari 4 boʻgʻimli. Oʻzbekiston sharoitida, asosan, burishgan poʻstloq osti qoʻngʻizi (lotincha: Scolytus rugulosus) va gʻarb togʻ poʻstloqxoʻri (lotincha: Xyleborus dispar) turlari keng tarqalgan.

Kurash choralari: zararlangan va qurigan shoxlarni qirqish va yoqib yuborish, daraxt tanasini shox va "lishaynik"lardan tozalash, oʻz vaqtida sugʻorish va oʻgʻitlash. Kvark (6,9—13,8 l/ga), zolon (2,0—4,0 l/ga) va boshqa kimyoviy prepa-ratlar bilan ishlov berish. Qoʻngʻizlarning uchishi davri oldidan daraxtlar tanasini ohak eritmasi bilan oklash, 0,2% li karbofos eritmasi purkash va boshqa[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil