Kvark

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kvark materiya asosini tashkil etuvchi elementar zarrachadir. Lepton bilan birgalikda fermionlar oilasiga kiradi. Kvarklarning turli xillari birikib, proton, neytron kabi zarrachalarni tashkil etadi (har bir zarracha uchta kvarkdan iborat boʻladi). Kvarklarning 6: yuqori, quyi, mahliyo, gʻalati, ust va ost xillari mavjud.

Kvarklar (ing . quark — dudmal va sirli bir narsa) — adronlar guruhiga mansub hamma mezonlar, nuklonlar va giperonlarning har birining tarkibiy qismini tashkil etuvchi elementar zarralar va antizarralar. K. ning mavjudligi haqidagi farazni 1964 y.da bir-biridan mustaqil tarzda M. Gell-Mann va amerikalik fizik G. Sveyg olgʻa surgan. Bu soʻzni M. Gell-Man irland yozuvchisi J. Joysning "Finnegancha maʼraka" (1939) romanidagi afsonaviy maxluklarning nomidan olgan. Bugungi kunda K.ning 6 turi mavjud boʻlib, ular quyidagi belgilar b-n ifodalanadi — i, d, s, s, t, b. K. va anti K.ning elektr zaryadlari elektron zaryadning -j yoki u qismiga teng va musbat yoki manfiy ishorali boʻlishi mumkin. Ularning spinlari 1/2 ga teng va Fermi — Dirak statistikasiga boʻysunadi.

Har bir mezon bitta K. va bitta anti K. dan hamda har qanday nuklon va giperon uchta K.dan tashkil topgan. Koʻp yillik izlanishlarga qaramay, hech bir K. — xoh yengili, xoh ogʻiri hali biror marta erkin holda kuzatilmagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
 k  m  t 
Elementar zarrachalar
Fermionlar: Kvarklar: Yuqori · quyi · Gʻalati · Mahliyo · Ost · Ust | Leptonlar: Elektron · Muon · Tau · Neytrinolar
Bozonlar: Kalibrli bozonlar: Foton · W va Z bozonlari · Gluon
Hali kuzatilmagan zarrachalar: Higgs bozoni | Graviton | Boshqa gipotetik zarrachalar