Kontent qismiga oʻtish

Power and Water in Central Asia

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Power and Water in Central Asia
Muallif(lar) Filippo Menga
Til inglizcha
Nashriyot Routledge
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2017
Sahifalar soni 182

Power and Water in Central Asia“ (tarjimasi „Markaziy Osiyoda qudrat va suv“) — Italiyadagi Bergamo universiteti professori Filippo Menga qalamiga mansub kitob. Kitobda Markaziy Osiyoda Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan 2015-yilgacha boʻlgan vaqt davomida Sirdaryo va Amudaryo suvlaridan foydalanish borasida kelib chiqqan kelishmovchiliklar haqida soʻz boradi. Xususan, asarda Tojikistonda va Qirgʻizistonda mos ravishda Rogʻun hamda Qambarota-2 GESlarini qurish urinishlari, bu urinishlarga qarshi Oʻzbekiston va qisman Qozogʻiston olib borgan siyosat gidrogegemoniya nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi. Kitob 2017-yil „Routledge“ nashriyotida ingliz tilida bosilib chiqqan.

Edward Lemon 2018-yilga yozgan taqrizida „Power and Water in Central Asia“ kitobida Markaziy Osiyodagi suv boʻyicha tortishuvlarning oʻsha paytgacha eʼlon qilingan eng mukammal tahlili berilganini yozgan[1]. Ammo muallif manbalarini qanday toʻplagani haqida koʻproq maʼlumot berganida, shuningdek, qudrat masalalarini muhokama qilganda hukumatni molitik kuch oʻlaroq emas, balki „gidrokratiya“ni tashkil qiluvchi vazirliklar va idoralardan iborat murakkab tizim oʻlaroq koʻrib chiqqanida, yanada yaxshi boʻlgan boʻlardi, deya xulosa qilgan. Isroildagi Axva akademik kolleji professori Irena Vladimirski esa Menga qudrat va dominatsiya nazariyasi bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mamlakatlari suv resurslaridan dominatsiya va raqobat vositalari oʻlaroq foydalanayotganini ikki muayyan misol yordamida koʻrib chiqqanini yangicha yondashuv oʻlaroq olqishlagan[2].

  1. Lemon, Edward (2018). „Review: Power and water in Central Asia“ (PDF). Studies of Transition States and Societies. 10-jild, № 1. 67–68-bet. Qaraldi: 24-fevral 2023-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. Владимирски, Ирена (2022). „Рецензия на книгу: Menga F. Power and Water in Central Asia. London and New York: Routledge, 2018“. RUDN Journal of World History. 14-jild, № 1. 93–96-bet. doi:10.22363/2312-8127-2022-14-1-93-96. Qaraldi: 24-fevral 2023-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()