Poligalit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Poligalit {poli... va hals — tuz) — sulfatlar sinfiga mansub mineral. Kaliy, kalsiy va magniyning suvli sulfati. Kimyoviy tarkibi K2Ca2Mg (SO4)4- 2N2O. P. da 15,62% K2O, 18,6 SaO, 6,69% MgO, 53,11% SO3, 5,9 N2O boʻladi. Triklin singoniyada kristallanadi. Koʻpincha donador, baʼzan tolali agregat holida uchraydi. Rang-siz, oq, kulrang , baʼzan gematit va gyotit aralashganda qizilsargʻish boʻladi. Shishasimon yaltiroq, smolaga oʻxshash. Qattikligi 2,5—3,5; zichligi 2720—2780 kg/m3. Suv taʼsirida parchalanib, gips ajralib chiqadi. Qizdirilganda tarkibidagi suvni yoʻqotib, yumaloqboʻlib qoladi. Choʻkindi tuz konlarida keng tarqalgan. Kaliyli oʻgʻit tayyorlashda ishlatiladi. Oʻzbekistondagi tuz konlarida uchraydi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil