Gyotit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gyotit (nemis shoiri I. Gyote nomi bilan atalgan) — gidroksidlar kenja sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi FeOOH. Suv taʼsirida gidrogyotit (limonit)ga aylanadi. Rombik singoniyali. Turli shakldagi (ignasimon, ustunsimon) kristallar va agregatlar holida uchraydi. Rangi toʻq qoʻngʻir, qizgʻishqoʻngʻir. Yaltiroqligi olmossimondan metallsimongacha. Qattiqligi 4,5—5,5. S. ogʻ. 4,0—4,4. Rudali konlarning nurash zonasida va choʻkindi togʻ jinslarida hosil boʻladi. Oʻzbekistonning barcha rudali konlarida uchraydi. Temir olinadigan ruda. RF (Jan. Ural), Ukraina (Kerch yarim orol) da konlari bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil