Planetariy
Planetariy (planeta — sayyora) ilmiy-maʼrifiy muassasa boʻlib, unda yulduz, sayyora, kometa va boshqa osmon jismlari tasvirlangan osmon sferasi modeli, sayyoralar panoramalari namoyish etiladi. Namoyishlar astronomiya, kosmonavtika, kosmologiyadan maʼruzalar bilan kechadi.
Planetariy (lot. planeta — sayyora) — 1) astronomik hodisalar (yulduzlar osmonining koʻrinishi, osmon sfera-sining aylanishi, Quyosh va sayyoralarning koʻrinma harakati, Yer sunʼiy yoʻldoshlarittt harakati; Quyosh va Oy tushiliishari va boshqalar) ni maxsus ekranda koʻrsatuvchi apparat. Ekrani yarim sharni eslatuvchi gumbaz koʻrinishida boʻladi. Oylab va yillab kechadigan hodisalarni P.da bir necha min. mobay-nida namoyish qilish mumkin. Birinchi optik P. 1924-yil "Karl Seys" firmasi zavodida (Germaniya) yaratilgan. 20-asr 70-yillarda "Karl Seys" xalq korxo-nasi (GDR) P.ning 3 modelini ishlab chiqargan. P. apparatlari AQSH (Spitz), Yaponiya (Goto) va GFR (Zeiss) va boshqa mamlakatlarda ishlab chiqariladi; 2) astronomiya, kosmonavtika va Yer haqidagi fanlarga oid tadbirlar oʻtkaziladigan madaniymaʼrifiy muassasa. P.da astronomiya, geodeziya, geofizika va kosmonavtikaga doyr maʼruzalarni oʻqish mumkin. Birinchi P. 1925-yil Myunxenda qurilgan. Toshkentda P. 1963-yil hozirgi Ab-dulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida qurilgan, 2003-yil P.ning yangi binosi ishga tushiridsi.[1]
Ilk planetariy 1925-yili Munxenda ochilgan. Hozirda dunyoda bir necha ming planetariy mavjud.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
WPD (Worldwide Planetariums Database) Butunjahon sayyoraviy ma'lumotlar bazasi
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |