Kontent qismiga oʻtish

Kosmologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kosmologiya (kosmos va ... logiya) — Koinotning tuzilishi va rivojlanishini hamda nisbiylik nazariyasi obʼyektlarini kuzatuv maʼlumotlari bilan nazariy tadqiqotlar yerdamida oʻrganuvchi fan. Asosiy maqsadi — zamonaviy astronomiya va fizika bilimlariga asoslanib, Koinotning evolyusion modelini tuzish, yaʼni uning boshlangʻich holatidan to bugunga qadar va kelajakdagi taraqqiyoti bosqichlarini tahlil qilish.

Zamonaviy K. asoslariga koʻra, butun Koinotning eng koʻp massasini galaktikalar va yulduzlar tashqil etgan. Lekin 15—18 mlrd. yil ilgari uning barcha moddasi dastlab qiyoslash qiyin boʻlgan oʻta zich holatda boʻlgan. Bu oʻta zich va oʻta yuqori temperaturali holatni fizika fani hali umuman ishlab chiqmagan. Kuzatuvlarga tayanib, bu holatni "oʻta kuchli" va "katta" portlash roʻy bergan, Koinotning birlamchi materiyasi kengayuvchan, bir jinsli va izotrop xususiyatlariga ega boʻlib, vaqt oʻtishi bilan uning zichligi va temperaturasi jadal pasayib borgan, deb xulosa qilingan. Koinotning qaynoq modeli doirasidagi hisob-kitoblarga koʻra, uning temperaturasi 0,001 sek.da ikki marta pasayib 1012—10" K gradusga yetadi. Koinot yoshi 1 sek.ga toʻlganida temperatura T=1010—10s K oraligʻida boʻlib, shu davrda geliy va deyteriy kabi yengil elementlar yadrolari vujudga keladi.

Koinotning birinchi nostatsionar (kengayuvchi) modelini 1922-yil rus olimi A. A. Fridman (1888—1925) taklif qilgan. A. Eynshteyn Koinotning statsionar modelini tuzgan. AQSH astronomi E. Xabbl (1889-1953) 1929-yil Fridmanning kengayuvchi modelini kuzatuv yoʻli bilan tasdiklagan. "Qaynoq" Koinot nazariyasini 1948-yil amerika olimi G. A. Gamov (1904—68) taklif etgan.

Fridman K.sida Koinot dastlab oʻta zich singulyar holatda boʻlib, xususan, /=10~13 S. vaqtda uning zichligi r=1093 gr/sm3 deyilgan. Zamonaviy Koinot turli yoshdagi galaktikalar olamidan iborat va kamida bir necha yuz mln. parsek masshtabdan boshlab zichligi bir jinsli va izotropik xususiyatlarga ega. Mas, bizdan atigi 1,5-10’ parsek masofa oraligʻida bir necha mlrd. galaktikalar kuzatiladi. K. da bir jinslilik va izotropik xususiyatlar kosmologik prinsip deyiladi va u yuqoridagi evolyusion modelning asosini tashqil etadi. 1965-yil amerikalik astronomlar A. A. Penzias va R. V. Vilson Koinot portlashi davridan saqlanib qolgan "relikt" kashf qilishgan. Kuzatuvlarga koʻra, Quyosh sistemasi "relikt "nurlanishiga nisbatan 420 km/sek tezlik bilan harakat qiladi. Zamonaviy K. norelyativistik va relyativistik qismlardan iborat. Norelyativistik K. fazo va vaqtni oʻzaro jips bogʻlanmagan holda qaraydi. Relyativistik K. esa fazo-vaqt geometriyasida ish koʻrib, klassik fizikaning ayrim tushunchalari (mas, inersial sanoq sistemasi) hisobga olinmaydi va oʻrniga yangilari (mas, fazo-vaqt egriligi va boshqalar) kiritiladi. Koinot takdiri uning oʻrtacha zichligi kritik qiymat 5-10 30 gr/sm3 dan katta yoki kichik ekanligiga bogʻliq. Hozirgi maʼlumotlarga koʻra, Koinotning oʻrtacha zichligi 5-10~31 gr/sm3 ga teng. K.da tabiati bizga nomaʼlum koʻrinmas massa muammosi hal etilmagan. Bu massa, xususan, galaktikalar tojida galaktikalar toʻdalari va ular orasidagi fazoda yetarlicha mavjudligi aniq. U Koinot takdirigagina emas, balki galaktikalar evolyusiyasiga ham taʼsiri oʻta muhim ekani maʼlum. Oʻzbekistonda K.ning bu kabi astrofizik muammolari Oʻzbekiston milliy universiteti astronomiya kafedrasida, nisbiylik nazariyasi bilan bogʻliq ayrim masalalari esa Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida oʻrganiladi.

  • Si l k J., Bolshoy vzriv: rojdeniye i evolyusiya Vselennoy, M. S, 1982; Zeldovich Ya. B, Novikov I. D., Stroyeniye i evolyusiya Vselennoy, M., 1975; Chandrasekar S, Matematicheskaya teoriya chyornix dir, M., 1986.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil