Kontent qismiga oʻtish

Payvandlash (qishloq xoʻjaligi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Payvandlash — bir oʻsimlikka ikkinchi oʻsimlikning qalamchasi yoki kurtagini ulash. Payvand qilinadigan oʻsimlik payvandtag, ulanadigan payvandust deyiladi. Mevachilikda payvandlash vegetativ koʻpaytirishning asosiy usuli hisoblanadi. Payvandlash payvandlanayotgan oʻsimlikning nav xususiyatini mustahkamlash va saqlash; xoʻjalik koʻrsatkichlari past navlarni aʼlo sifatli, sovuqqa, zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlar bilan almashtirish; gullashi va meva tugishini jadallashtirish; oʻsimlikning manzarali va ilashuvchi xillarini yaratish kabi maqsadlarda qoʻllanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil