Kontent qismiga oʻtish

Payvandtag

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Payvandtag — payvandust payvand qilinadigan oʻsimlik yoki uning qismlari. Payvand qilingan oʻsimlik ildiz sistemasi mevali daraxt uchun asos vazifasini oʻtaydi. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston sharoitida P. sifatida olma uchun yovvoyi olma, dusen, paradija urugʻkoʻchatidan foydalaniladi. Nok uchun oʻrmon va jaydari nok urugʻkoʻchatidan, behi va b.dan, oʻrik uchun jaydari oʻrik, shaftoli uchun uning jaydari xillari va bodomdan, gilos va olcha uchun ularning barcha turlari va kamxastakdan, olxoʻri uchun togʻolchaning urugʻkoʻchatlaridan foydalaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil