Kurtak payvand
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kurtak payvand — bir oʻsimlik ka ikkinchi oʻsimlikning kurtagini ulash, payvandlash usullaridan biri. Kurtak payvandda payvandtagga bitta kurtak ulanadi. Kurtak payvand iyul oxiridan sentabr oʻrtasigacha oʻtkaziladi. Kurtak payvand qilishdan 4—5 kun oldin koʻchatzor sugʻoriladi, payvandtag ildiz boʻgʻzidan 15—20 sm gacha barcha yon shoxlar olib tashlanib, hoʻl latta bilan tozalanadi. Kurtaklar hosilga kirgan, nav xususiyati yaxshi, sogʻlom daraxtlarning kun salqin vaqtda ke-silgan qalamchalaridan olinadi. Qalamchadagi barglar 0,5—1 sm band qoldirib kesiladi. Tayyor qalamchalar payvandlash vaqtigacha hoʻl chipta, poxol qabilarga oʻralib, salqin joyda saqlanadi.
Payvandlash usuli: payvandtag poʻstlogʻi yogʻochlik qismigacha 3 sm uzunlikda „T“ shaklida payvandlash pichogʻi bilan tilinadi, soʻngra poʻstloq sal ochiladi, bu joyga bir oz yogʻochlik qismi bilan kesib olingan kurtak oʻrnatiladi va chipta, polietilen plyonka bilan bogʻlanadi. Payvandlash ishi tugagach, koʻchatzor qondirib sugʻoriladi. Ulangan kurtaklar 15—16 kunda tutadi. Tutgan kurtakdagi barg bandi tushgan boʻladi yoki barmoq bilan sal tegilsa, tushib ketadi; tutmaganda barg bandi qurib, kurtak poʻstlogʻi burishib qoladi. Bunday holda payvandtagning qarama-qarshi tomonidan qayta payvandlanadi. Payvand toʻtib ketgach, kurtak ulangan joydan yuqorisi erta koʻklamda kesib tashlanadi. Vaycha payvand ham kurtak payvandga kiradi, bu usulda asosan, yongʻoq, anjir, pekan payvandlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |