Paxtaqand
Turi | Konfet |
---|---|
Milliy oshxona | AQSh |
Muallifi | William Morrison va John C. Wharton |
Asosiy komponentlari | shakar, oziq-ovqat boʻyoqlari |
Paxtaqand yoki „shakarli paxta“ – yumshoq asosga ega qandolatchilik mahsuloti, koʻrinishidan paxta momigʻiga oʻxshaydi. Tez aylanadigan metall baraban yoki konus ustiga elak orqali eritilgan shakarni quyish orqali tayyorlanadi. Tayyorlash jarayonida yupqa iplar hosil boʻlib, bir oʻramga yigʻiladi. Agar shakar siropiga oziq-ovqat boʻyoqlari qoʻshilsa, rangli tusga kiradi[1][2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paxtaqand 1897-yilda stomatolog William Morrison va qandolatchi Jon C. Wharton tomonidan ixtiro qilingan. Birinchi marta 1904-yilgi Butunjahon yarmarkasida „Fairy Floss“ nomi bilan[3] keng jamoatchilikka taqdim etilib, har bir qutisi 25 ¢ dan boʻlgan. Shunday qilib jami 68 655 quti paxtaqand sotilgan.
Isteʼmoli va xillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paxtaqand ommaviy tadbirlar, turli festivallar va attraksionlarning odatiy atributi boʻlib[4][5][6], shakarli iplarni tayoqchalarga oʻraydigan maxsus mashinalar yordamida tayyorlanadi. Shuningdek, dunyoning koʻp hududlarida yengil, kichik oʻlchamda fabrikalarda ishlab chiqariladi.
Gʻarbiy mamlakatlarda (ayniqsa, AQShda) zich holatda tayyorlangan oʻramlarda ham ishlab chiqariladi. Yaqin Sharqda zich paxtaqandga oʻxshash yumshoq holvalar: turk pishmaniyesi va eron pashmakining versiyalari ham tayyorlanadi. Tatar oshxonasida paxtaqanddan koʻra zichroq va turk pishmaniyasidan yumshoqroq boʻlgan talkish-kalyava (kichik teskari yigʻilgan stakan shaklidagi shirin qipiq) deb ataladigan oʻziga xos shirinlik mavjud. Hind shirin soan papdisi Eron va Turkiya yumshoq holvalaridan ham zichroq. Xitoyning shirin ajdaho soqoli va koreys shirin asal toʻpi (kkul-tarae) paxtaqandga juda yaqindir.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Swarns, Rachel L.. „In Coney Island, Weaving a Confection That Tastes Like Long-Ago Summers“. The New York Times (2014-yil 27-iyul). 2020-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-mart.
- ↑ „Food Science: Cotton Candy“. Portageinc.com. 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-iyul.
- ↑ „Cotton Candy“. The Straight Dope (2000-yil 7-fevral). 2013-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-noyabr.
- ↑ „Best Of Worst -- July 4th Foods“. cbsnews.com (2008-yil 1-iyul). — „Cotton Candy (1.5 oz serving) 171 calories, 0 g fat, 45 g carbs, 45 g sugar, 0 g protein“. 2008-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-sentyabr.
- ↑ Carter, Darla. „Enjoy the fair, but don't wreck your diet“ (2009-yil 21-avgust). 2013-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-sentyabr. „A 5½-ounce bag of cotton candy can have 725 calories.“.
- ↑ „Cotton candy on a stick (about 1 ounce) has 105 calories, but when bagged (2 ounces) it has double that number: 210.“ (2006-yil 27-sentyabr). 2013-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-sentyabr.