Holva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Sonnenblumenhalva 20091117 005.JPG
PistHalva.jpg

Holva (arabcha: حَلَاوَة) — shirinlik turi. Qand yoki asaldan qaynatilgan qiyomga yog, kunjut, yongʻoq magʻzi, bodom magʻzi, un hamda boshqa masalliqlar solib tay-yorlanadi. Taʼmini yaxshilash uchun Holvaga kakao va kakao kukuni, mayiz, sukatlar, vanilin, limon kislota va boshqa qoʻshiladi. Solinadigan masalliqqa koʻra, Holvaning bodroq Holva, magʻiz Holva, yongʻoq Holva kungaboqar Holva, kunjut Holva, yeryongoq Holva, pashmak Holva kabi turlari mavjud. Har bir Holva turi oʻz navbatida qoʻshilgan yordamchi masalligʻiga qarab vanilin, shokoladli, vitaminlashtirilgan va boshqa nomlar bilan ataladi. Sharq mamlakatlarida, jumladan Oʻrta Osiyoda qadimdan qolvapazlik (holvachilik) kasbi mavjud boʻlgan. Yirik shaqarlarda holva-pazlar uzum yoki tut shinnisi, un, yogʻ, kunjut, oʻrik va boshqalardan, keyinchalik shakar va qanddan foydalanib turli-tuman Holvalarni tay-yorlashga ixtisoslashganlar.

Bodroq Holva tayyorlash uchun bodroq bilan qovurilgan yongʻoq magʻzi goʻshtqiymalagichdan oʻtkaziladi (yoki yanchila-di). Mahsulot yogʻlangan laganchaga solinadi, ustidan eritilgan asal yoki qiyom quyib, yaxshilab aralashtiriladi, soʻng 1 sm qalinlikda yoyib presslab, toʻrtburchak yoki romb shaklida kesiladi.

Magʻiz Holva tayyorlash uchun oʻrik yoki bodom, pista, yongʻoqning magʻzi qovu-rilib, yogʻ surtilgan gaz patnisga I sm qalinlikda yoyib teriladi. Qozonga shakar solib, meʼyoridan oʻtkazib qiyom pishiriladi. Qiyom patnisdagi qovurilgan magʻizlar ustiga bir tekisda qilib quyiladi. Mahsulot sovigach, oʻtkir pichoq yordamida kattaligi 4x10 sm keladigan boʻlakchalarga boʻlinadi.

Ayrim Holvalar tarkibida yogʻ koʻp (30%) boʻlgani sababli tez buzilishi mumkin, namligi 4%. "Lavz" va "Toʻy", "Sovunak" kabi Holva turlariga qoʻy va oʻsimlik yogʻi, un, shakar qiyom, koʻpirtirilgan tuxum oqi va sovunak ildizi qaynatmasi qoʻshiladi.

Umid Ahrorov.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]