Elak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elak — sochiluvchan mahsulotlar va materiallar (un, guruch, ohak, sement, qum va boshqalar)ni metall toʻr orqali oʻtkazib, har xil hajmdagi zarralarga ajratish (elash) uchun moʻljallangan qurilma. Roʻzgʻor, qurilish va sanoatda ishlatiladi. (). Elak ko‘chma ma’noda ham ishlatiladi (,,Elning og‘ziga elak tutib bo‘ladimi” kabi)[1].

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elak turkiy so‘zdir, ela – elakdan o‘tkaz. Unni eladi. Bu fe’l qadimgi turkiy tildagi ,,pastga tush” ma’nosini ifodalovchi –ӓ qo‘shimchasi bilan hosil qilingan deb taxmin qilinadi, keyinroq so‘z boshlanishidagi i  unlisi e unlisiga almashgan: il+ӓ= il ela+ӓ>elӓ. Bu fe’l qadimgi turkiy tilda elgӓ shaklida mavjud bo‘lgan[2]. ()

Yaratilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elak - qadimgi uy-ro‘zg‘or buyumi. Qadimda asosan yog‘ochdan yasalgan. O‘zbek xalq mahalliy ustalari yog‘ochdan har xil ishlab chiqarish qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, transport vositalari (arava, kema), sinch va ustunlar, oyna-eshiklar, sandiq va beshiklar, elak va charx, egar va hokazolar ishlab chiqarganlar[3]. O‘tmishda mazanglarning yog‘ochdan g‘alvir,  elak, childirma va har xil idishlar yasash bilan shug‘ullanganlarini Sh.I.Inog‘omovning fikricha, ,,kosataroshlar”,  G.P. Snesarevning ta’kidlashicha, ,,tovoqtaroshlar” deb atashadi[4].

Ishlatilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elakka solingan mahsulotlar elakning tebranishi natijasida elanadi. Roʻzgʻorda ishlatiladigan elaklar asosan unni elash uchun bo‘lib, xamir qorishda un ichida uchraydigan har xil mayda toshchalar, xaslar ajratiladi.

Turli shakllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elak, asosan, dumaloq gardishli, mayda va yirik koʻzli boʻladi. Shunga ko‘ra elakning turlari quyidagicha ajraladi:

1)   ro‘zg‘orda ishlatiladigan mayda ko’z elak;

2)   sanoatda ishlatiladigan yirik ko‘z elak. Mayda koʻzlisida un, yirik koʻzlisida (bunday elak gʻalvir deb ham ataladi) guruch va boshqalar yirikroq don-dunlar, qum, sement va boshqalar elanadi. Qurilish va sanoatda mexanik elak ishlatiladi, uning yassi (titrama, tebranma) va barabansimon (aylanuvchi) turlari bor. Bular un, qum, sement va boshqalarni elashda, konchilikda foydali qazilmalarni boyitishda (rudalarni elashda), еm va yorma tayyorlashlarda, oziq-ovqat sanoati va boshqalar tarmoqlarda ishlatiladi.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2006 — 29 bet. 
  2. Sh.Rahmatullayev. O’zbek tilining etimologik lug’ati. “Universitet”, 2000 — 462 bet. 
  3. I.M.Jabborov. O'zbek xalq etnografiyasi. O‘qituvchi, 1994 — 119 bet. 
  4. O'zbekiston tarixi. “Fan”, 2005 — 52 bet.