Pavel Tregubov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pavel Tregubov
Asl ism Pavel Vladimirovich Tregubov
Tugilgan joyi Russia
Tugilgan sanasi (1971-12-21) 21 December 1971 (age 50)
Unvoni [[Grossmeyster|Grossmeyster (1994)
FIDE reyting 2548 (October 2022)
Maksimal reytingi 2658 (July 2008)
Peak ranking No. 56 (October 2003)

Pavel Vladimirovich Tregubov (ruscha: Па́вел Влади́мирович Трегу́бов Vladimirovich Tregubov ; 1971-yil 21-dekabrda tugʻilgan) — rossiyalik shaxmatchi . U 1994-yilda FIDE tomonidan grossmeyster unvoniga sazovor boʻlgan. Tregubov 2000-yilda Yevropa chempioni boʻlgan.

U shaxmat professionallari assotsiatsiyasi (ACP) asoschilaridan biri[1] hozirda u ACP Tour direktori hisoblanadi[2].Tregubov dastlab assotsatsiya prezidenti [3], g‘aznachisi [4] va boshqaruv direktori lavozimlarida ishlagan [5].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tregubov 1997-yilda Korsika Masters turnirida gʻolib chiqdi[6].1999-yilda u Cappelle-la-Grande Open musobaqasida Simen Agdeshteyn va Mixail Gurevich bilan birinchi oʻrinni egalladi. Tregubov 2000-yilda Sent-Vinsentda oʻtkazilgan birinchi Evropa individual shaxmat chempionatida 11 oʻyindan 8 ochko jamgʻargan holda gʻolib chiqdi[7]. Shuningdek, u 2008-yilda oʻtkazilgan 4-Pivdenni banki shaxmat kubogi gʻolibi [8]. Keyingi yili Tregubov FIDE Jahon kubogida qatnashdi va u birinchi bosqichda Varujan Akobianga 7:9 hisobida yutqazib qoʻydi. 2011-yil oktabr oyida u 15-Korsika aylanmasining ochiq qismida 3-15-oʻrinlarni egalladi. [9]

Tregubov — Sitsiliya Taymanov Variatsiyasining asosiy amaliyotchilaridan biri.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Pavel Tregubov Aleksandra Kostenyukga uylandi [10].

Rossiyaning boshqa 43 nafar elita shaxmatchisi bilan birgalikda Trebugov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Rossiyaning 2022-yilda Ukrainaga bostirib kirishiga norozilik bildirgan va Ukraina xalqi bilan birdamlik bildirgan ochiq xatni imzoladi[11][12].

Mashhur oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ACP Board Members“. ACP (2015).
  2. Peterson. „ACP elects new, larger, governing board“. Chess News. ChessBase (2019-yil 14-mart). Qaraldi: 2019-yil 2-aprel.
  3. „First ACP World Rapid in Odessa“ (en). Chess News (2006-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 3-aprel.
  4. „New ACP emerges with lofty goals and new events“. ChessBase (2012-yil 17-mart). Qaraldi: 2016-yil 14-fevral.
  5. „Theodoros Tsorbatzoglou. Individual candidate for ECU board member“. Chessdom (2010-yil 12-avgust). 2019-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-aprel.
  6. „Rustam Kasimdzhanov wins Corsica Masters“. ChessBase (2006-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 10-dekabr.
  7. Anton Gubanov. „European Men Championship, Saint Vincent, 2000“. Ruschess.com. 2008-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-dekabr.
  8. „4th Pivdenny Cup for Tregubov“. Chessvibes.com (2008-yil 2-iyun). 2011-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-dekabr.
  9. „15th Corsican Circuit – final Anand vs Mamedyarov on Monday“. ChessBase (2011-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 31-oktyabr.
  10. „Alexandra Kosteniuk Marries Pavel Tregubov“. chess-news.ru (2015-yil 8-avgust). 2015-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-oktyabr.
  11. „'Stop the war.' 44 Top Russian Players Publish Open Letter To Putin“, Chess.com, 3 March 2022
  12. „Russian chess players ask for peace“. World Chess. 2022-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]