Pape Cheikh Diop
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Pape Cheikh Diop Gueye | ||
Tavallud sanasi | 8-avgust 1997-yil | ||
Tavallud joyi | Guédiawaye, Dakar, Senegal | ||
Boʻyi | 1.80 m | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Aris | ||
Raqami | 24 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2011—2012 | CIA | ||
2012—2013 | Montañeros | ||
2013—2015 | Celta | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2014—2016 | Celta B | 21 | (2) |
2015—2017 | Celta | 22 | (1) |
2017—2022 | Lyon B | 67 | (2) |
2017—2022 | Lyon | 45 | (0) |
2019—2020 | → Celta (Ijara) | 70 | (0) |
2020—2021 | → Dijon (Ijara) | 21 | (0) |
2022- | Aris | 10 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2015 | Ispaniya U18 | 2 | (0) |
2015—2016 | Ispaniya U19 | 10 | (0) |
2018 | Ispaniya U21 | 3 | (0) |
2020- | Senegal | 3 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (8 noyabr uchun) |
Pape Cheikh Diop Gueye (talaffuzi: Pap Sheyx Dop Gey) (1997-yil 8-avgustda tugʻilgan) — senegallik professional futbolchi , Gretsiya Superligasining „Aris“ klubi yarim himoyachisi[1]. Ispaniya jamoasining yoshlar terma jamoasida oʻynagan. Xozirda xallqaro maydonda Senegal terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Diop ilk faoliyatini Internacional de la Amistad klubi va Montañeros CF jamoalarida boshlagan. U 2013-yilda "Selta de Vigo" yoshlar jamoasiga qoʻshilgan[2].
Celta[tahrir | manbasini tahrirlash]
Diop jamoadagi debyutini 2014-yil 23-avgustda o‘tkazgan va ikkinchi bo‘limda Segunda B divizioni vakili CD Lealtadga qarshi o‘yinda (2:0) zaxiradan maydonga tushgan[3]. Sakkiz kundan soʻng u oʻzining birinchi golini kiritgan[4].
2015-yilning 11-avgustida Diop klub bilan 2020-yilgacha yangi besh yillik shartnoma imzolagan[5]. U oʻzining birinchi asosiy tarkibdagi va La Ligadagi debyutini oʻsha yilning 12-dekabrida RCD Espanyol jamoasiga qarshi oʻtkazgan[6].
Diop asosiy tarkibdagi birinchi golini 2016-yilning 27-noyabrida o‘z maydonida Granada CFga qarshi o‘yinda (3:1) kiritgan. U 31-yanvarda shartnomasini 2021-yilgacha uzaytirgan va asoiy tarkib futbolchisiga aylangan, unga 4-raqamli libos berilgan[7].
Lyon[tahrir | manbasini tahrirlash]
2017-yil 29-avgustda „Lyon“ Diop bilan besh yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. „Celta“ga toʻlangan transfer narxi 4 million yevro bundan tashqari bonuslar bilan birga 10 million yevro deb xabar qilingan[8]. 2019-yilning 14-avgustida, kam maydonga tushgandan soʻng u 2019—2020-yilgi mavsum uchun ijara asosida sobiq jamoasi „Celta“ga oʻtgan[9].
Dijon ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]
2020-yil 6-avgustda Diop Liga 1 klubi Dijon bilan bir mavsumga ijara shartnomasi imzolagan. Shartnoma 5 million yevroga sotib olish opsiyasi va qo‘shimcha 1,5 million yevro bonuslarni bundan tashqari 15% sotgandagi to‘lovini o‘z ichiga olgan[10]. Diop 2020-yil 22-avgust kuni „Dijon“ safida „Anje“ga qarshi o‘yinda debyut qilgan[11].
Aris[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022-yil 29-iyun kuni Diop Gretsiya Superliga klubi Aris bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[12].
Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Senegalda tugʻilgan va Ispaniyada oʻsgan Diop Ispaniyaning yoshlar jamoasida oʻynagan. 2018-yil sentyabr oyida Diop Senegal sharafini himoya qilishini eʼlon qilgan[13]. U 2020-yil 9-oktabrda Marokashga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (3:1) birinchi marta Senegal terma jamoasi safida maydonga tushgan[14].
Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Liga kubogi | Kontinental | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Celta | 2015—2016 | La Liga | 6 | 0 | 2 | 0 | — | — | — | 8 | 0 | |||
2016—2017 | 16 | 1 | 3 | 0 | — | 0 | 0 | — | 19 | 1 | ||||
Jami | 22 | 1 | 5 | 0 | — | 0 | 0 | — | 27 | 1 | ||||
Lion | 2017—2018 | Liga 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | — | 2 | 0 | ||
2018—2019 | 12 | 0 | 4 | 0 | 2 | 0 | 5 | 0 | — | 23 | 0 | |||
2021—2022 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | |||
Jami | 13 | 0 | 4 | 0 | 3 | 0 | 5 | 0 | — | 25 | 0 | |||
Celta (ijara) | 2019—2020 | La Liga | 16 | 0 | 3 | 0 | — | — | — | 19 | 0 | |||
Dijon (ijara) | 2020—2021 | Liga 1 | 21 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | — | 22 | 0 | ||
Karyerada jami | 72 | 1 | 13 | 0 | 3 | 0 | 5 | 0 | 0 | 0 | 93 | 1 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Pape Cheikh Diop joins Dijon on loan from Lyon“. goal.com (7-avgust 2020-yil). Qaraldi: 7-avgust 2020-yil.
- ↑ „Pape Cheikh, el todoterreno celeste“ (es). Canteira Celeste (22-may 2014-yil). Qaraldi: 13-dekabr 2015-yil.
- ↑ „La efectividad del Celta B condena al Lealtad“ (es). Vavel (23-avgust 2014-yil). Qaraldi: 13-dekabr 2015-yil.
- ↑ „El Langreo recibe un serio correctivo de un Celta B muy superior“ (es). El Comercio (31-avgust 2014-yil). Qaraldi: 13-dekabr 2015-yil.
- ↑ „El Celta renueva a los canteranos Pape, Diego Alende y De Paz“ (es). La Voz de Galicia (11-avgust 2015-yil). Qaraldi: 13-dekabr 2015-yil.
- ↑ „Aspas mira a la Champions“ (es). Marca (12-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 13-dekabr 2015-yil.
- ↑ „Pape Cheikh amplía su contrato con el Celta hasta el 2021“ (es). Diario AS (31-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 24-mart 2017-yil.
- ↑ „Transferts : Pape Cheikh Diop (Celta Vigo) à Lyon (officiel)“ (French). L'Équipe (29-avgust 2017-yil). Qaraldi: 29-avgust 2017-yil.
- ↑ „Pape redondea la 'alineación' de canteranos del RC Celta: 11 jugadores de casa“ (es). Celta Vigo (14-avgust 2019-yil). Qaraldi: 17-avgust 2019-yil.
- ↑ „Transferts : Pape Cheikh Diop à Dijon (officiel)“ (Fr). L’Équipe (6-avgust 2020-yil). Qaraldi: 7-avgust 2020-yil.
- ↑ „Dijon 0 – 1 Angers Lineups“. en.as.com. Qaraldi: 22-avgust 2020-yil.
- ↑ „Άρης μεταγραφές: Ανακοίνωσε τον Ντιόπ για τα επόμενα δύο χρόνια“. www.sport24.gr (29-iyun 2022-yil).
- ↑ Okeleji. „Pape Cheikh Diop chooses to play for Spain over Senegal“. BBC Sport (25-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 19-iyun 2019-yil.
- ↑ „Morocco vs. Senegal - 9 October 2020 - Soccerway“. Soccerway.