Kontent qismiga oʻtish

Paint the Town Red

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Paint the Town Red“
Cover art for "Paint the Town Red": a painting of a red sky, with a silhouette of a skyline in the bottom right corner
Doja Cat qoʻshigʻi
„Scarlet“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 4-avgust, 2023-yil(2023-08-04)
Janr Boom bap
Davomiyligi
  • 3:51 (album version)
  • 3:27 (radio edit)
Leybl
Bastakor(lar)
Lirik ijodkor(lar) Amala Zandile Dlamini
Prodyuser(lar)
  • Earl on the Beat
  • Rubin
  • Jean-Baptiste
  • DJ Replay
Doja Cat singllari xronologiyasi
„Kill Bill (remix)“
(2023)
Paint the Town Red
(2023)
„Agora Hills“
(2023)
Klipi
"Paint the Town Red" YouTubeda

Paint the Town Red – amerikalik repper va qoʻshiqchi Doja Catning toʻrtinchi studiya albomi Scarlet (2023) dan joy olgan qoʻshiq. Trek albomning dastlabki singli sifatida 2023-yilning 4-avgustida Kemosabe va RCA Records studiyalari bilan hamkorlikda chiqarilgan. Musiqa matni Doja Catning oʻzi tomonidan yozilgan. Qoʻshiqqa Earl on the Beat, Rubin, Jean-Baptiste va DJ Replay prdyuserlik qilgan.

Tijoriy natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paint the Town Red Spotify platformasidagi bir qator rekordlarini yangiladi. AQShdagi Top 50 kunlik chartida birinchi oʻrinni egallagan birinchi ayol repperga aylandi[1]. Global Spotify 200 kunlik chartida esa 100 millionlik natijaga eng tez erishgan ayol qoʻshiqchiga aylandi[2].

Qoʻshiq Billboard Global 200 chartida ham birinchi oʻrinni egallagan[3]. Shuningdek Billboard Global Excl. U. S. chartida ham eng yuqori oʻringa koʻtarilgan dastlabki rep tarona boʻldi[4].

Nina McNeely rejissyorlik qilgan qoʻshiqning musiqiy videosi 2023-yil 4-avgustda taqdim etilgan[5]. Klip davomida Doja Catning koʻz qorachiqlarini chiqarib tashlagani va keyinchalik jahannamga tushishi tasvirlangan. Doja oʻlim va Shayton bilan sherik boʻlganini ham koʻrish mumkin. Keyingi kadrlarda repper qonli goʻsht boʻlaklarini tashlashi, osmondagi yashil mavjudot ustdagi harakatlari tasvirlangan[6].

  1. Galindo. „Doja Cat's 'Paint The Town Red' Makes Spotify History“. American Songwriter (2023-yil 21-avgust). Qaraldi: 2023-yil 22-avgust.
  2. Stewart. „Doja Cat New Song Paint The Town Red Proves She Doesn't Need Fans“. Junkee (2023-yil 31-avgust). Qaraldi: 2023-yil 31-avgust.
  3. Trust, Gary (September 11, 2023). „Doja Cat's 'Paint the Town Red' Rises to No. 1 on Billboard Global 200 Chart“. Billboard. Qaraldi: September 12, 2023.
  4. Trust, Gary (September 25, 2023). „Doja Cat's 'Paint the Town Red' Tops Global Charts, Drake & Kenya Grace Lead New Top 10s“. Billboard. Qaraldi: September 26, 2023.
  5. Lindert. „Doja Cat Shares Video for New Song "Paint the Town Red": Watch“. Pitchfork (2023-yil 4-avgust). Qaraldi: 2023-yil 4-avgust.
  6. Grow, Kory (August 4, 2023). „Doja Cat Gets Diabolical in New Video for 'Paint the Town Red'. Rolling Stone. Qaraldi: August 4, 2023.