Cantabria

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Provinsiya va Avtonom Jamoa
Cantabria
Cantabria in Spain.svg
Bayroq Gerb
Bayroq Gerb
Mamlakat Ispaniya
Maydoni 5,321 km²
Aholisi 582,206 nafar (2016)
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Rasmiy sayti Gobierno de Cantabria link (Ispancha)

Cantabria — Ispaniya avtonom-jamoati va provinsiyasi. Ispaniyaning shimoliqismida, Biskay qoʻltigʻi sohillari boʻylab 500 km masofaga choʻzilgan. Eng baland joyi 2613 m (Torre-de-Serredo togʻi). Asosan, kvarsit, ohaktosh, qumtoshlardan iborat. Karst relyef shakllari keng tarqalgan. Iklimi nam, yillik yogin 1000 mm. Daryolari sersuv. Shim.da nisbatan nam yon bagʻirlarida keng bargli oʻrmonlar, jan.da — kserofit butalar usadi, alp oʻtloklari tarqalgan. Toshkoʻmir, temir va polimetall rudalari olinadi. Milliy parklar tashkil etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil