Kontent qismiga oʻtish

Otajon Xudoyshukurov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

{{Shaxsiyat |ismi = Otajon Xudoyshukurov |portret= |tavallud sanasi = 4-oktyabr 1944-yil Otajon Xudoyshukurov (1944-yil 10-aprel, Oʻzbekiston SSR, , Qoraqalpogʻiston Avtonom Respublikasi, Toʻrtkoʻl tumani 1994-yil 22-dekabr, Oʻzbekiston, Xorazm) – xonanda. Qoraqalpogʻiston (1969), Oʻzbekiston (1977), Tatariston (1981) va Turkmaniston (1993) xalq artisti.

Ashula aytishni amakisi xonanda Yoʻldosh Olloshukurovdan oʻrgangan, keyingi ustozlari Komiljon Otaniyozov, Nazir qori, J. Bekchonov va boshqa 1963-yildan Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda. Repertuaridan mumtoz ashulalar („Feruz I—II“, „Xorazm Segohi“, „Bozurgoniy“, „Qoʻshchinor“, „Guluzorim“, „Kurd Eshvoyi“, „Samarqand ushshogʻi“, „Toshkent Irogʻi“ va boshqalar), Xorazm doston noma (qoʻshiq)lari („Najab oʻgʻlon“ dostonidan „Kimni sevar yorisan“, „Bahrom va Gulandom“dan „Ayriliq“, „Avazxon“dan „Qalandarim“), kompozitor va bastakorlar asarlari („Koʻzlaring sening“, „Oʻzbekistonim“, „Raʼno boʻlayin deb“, „Sogʻinib keldim“ va boshqalar), shuningdek, turkman, ozarbayjon, qoraqalpoq, qozoq va qirgʻiz xalq qoʻshiqlari oʻrin olgan. O. Xudoyshukurov sozanda (torchi) va oʻzi aytadigan („Mujgonlaring“, „Olamda bir“, „Birinchi muhabbatim“ kabi 300 dan ortiq) qoʻshiqlarning bastakori sifatida ham tanilgan. O. Xudoyshukurov jozibali, chiroyli tembrli, keng, barcha pardalarda ravon va jarangdor ovoz sohibi. Uning ashulalaridagi ehtiros, shijoat va joʻshqinlik, mazmuniy teranlik kabi xislatlar tinglovchilar qalbidan chuqur joy olgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). 1999-yildan Otajon Xudoyshukurov nomida yosh xonandalarning Respublika tanlovi oʻtkazilmoqda. Ellikqalʼa va Toʻrtkoʻldagi koʻcha, xiyobon va bogʻlarga O. Xudoyshukurov nomi berilgan[1]. Hozir Toʻrtkoʻl tumanidagi uning uyida u haqidagi muzey joylashgan borib beʼmalol tomosha qilishingiz mumkin

Unvon va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „O‘zbek adabiyoti va san'atining marhum fidoyilari mukofotlandi“. kun.uz. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.